Axborot resurs markazi



A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI to‘g‘risida

Tarixi: A.Avloniy nomidagi Xalk ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ilk bor 1934 yil 4 mayda boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash kursi negizida Xalq ta’limi kadrlari malakasini oshirish instituti nomi bilan tashkil etilgan.

 1945 yil 7 dekabrdan 1964 yil 21 sentyabrgacha K.Ushinskiy nomidagi Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti nomi bilan faoliyatini davom etdirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi 169-Farmoyishi va xalq ta’limi vazirligining 1992 yil 22 apreldagi 122-buyrug‘iga binoan institut Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish Markaziy instituti deb qayta nomlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014yil 15 avgustdagi 234-sonli Qarori bilan institut A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti deb nomlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi  3304-sonli  Qarori bilan xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va tashkilotlarning tuzilmalari tasdiqlandi. Jumladan, A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlanib, xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi etib belgilab qo‘yildi.

Hozirgi kunda:  xalq ta’limi muassasalarining rahbar xodimlari; xalq ta’limi muassasalari va ularning tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv funktsiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar; 9680 ta umumta’lim maktablarning direktorlar va ularning o‘rinbosari; 23 ta Mehribonlik uylari;  87 ta Maxsus maktab va maktab-internat rahbar va rahbar o‘rinbosarlari; 211 ta “Barkamol avlod”  bolalar markaz rahbar va rahbar o‘rinbosarlari hamda mutaxassilari; 14 ta Hududiy Xalq ta’limi boshqarmalari; 195 ta Tuman (shahar)  Xalq ta’limi bo‘limlari rahbar va ularning o‘rinbosarlari, sho‘’ba rahbarlari, mutaxassisslari hamda fan mutodistlari, jami-10210 ta ta’lim muassasalari shular jumlasidan.

Xalq ta’limi muassasalarining rahbarlar zaxirasi – xalq ta’limi muassasalarining rahbar xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun belgilangan tartibda zaxiraga olingan shaxslar, shuningdek, “Dublyor loyihasi” bo‘yicha ham faoliyat olib borilmoqda.