Maktablarga 71 mingdan ortiq badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar karvoni joʻnatildi


2020-09-29

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda 14 ta hududdagi barcha umumtaʼlim maktablari uchun 70 nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlaridan iborat jami 71 500 dona badiiy adabiyotlar karvoni viloyatlariga joʻnatildi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yana-da targʻib qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini tizimli targʻib qilish orqali vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uygʻotishdan iborat.

Ushbu kitoblar taʼlim muassasalariga yetkazilgandan soʻng, “Kitob taqdimoti”, “Kitob haftaligi”, “Men sevgan adib” kabi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur kitoblar kelgusida oʻquvchi va oʻqituvchilarini badiiy adabiyot mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshirish bilan bir qatorda, oʻzaro hurmat tuygʻularini shakllantirishga, ilmli va zukko yoshlarni tarbiyalashda xizmat qiladi.