Qayta tayyorlov kurslarida o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma olish tartibi qanday?


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevralidagi 103-sonli qaroriga muvofiq, oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari qayta tayyorlov kurslari va malaka oshirish to‘g‘risidagi Nizomiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqida Norma.uz saytida xabar berildi. 

Unga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalaridagi rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini takroriy o‘zlashtirishi ularning asosiy faoliyatidan uzilmagan holatda mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qish usullari asosida amalga oshiriladi. 
 
Masofadan o‘qitish usullariga asoslangan takroriy kurslarning o‘quv mashg‘ulotlari onlayn- va offlayn-shaklda tashkil qilinadi. Biroq tinglovchilarni baholash vazifasi (joriy nazorat) faqat onlayn-shaklda tashkil etiladi. 
 
Qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini mustaqil yoki masofaviy ta'lim texnologiyalari asosida o‘zlashtirayotgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi. Yakuniy attestatsiya oliy ta'lim muassasalari qoshidagi attestatsiya komissiyasida o‘tkaziladi.