A. Avloniy nomidagi pedagog mahorat milliyinstituti menejerlik oʻquv kursi yakuniy sinov topshiriqlarini tayyorlash uchun malakali testolog va mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

41 06.01.2025 09:39

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

- Testolog-ekspert.
- Test tuzuvchi.
 
NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
 
- Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlish.
- Fan, taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega boʻlgan soha mutaxassisi.
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
 
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
 
- Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
 
VAZIFA:
 Testolog-ekspert – test tuzuvchi mutaxassislarni saralab olish va ularga maxsus trening tashkil qilish,  menejerlik oʻquv kursi yakuniy sinov test va keys topshiriqlarini testologiya hamda baholash tamoyillari asosida ishlab chiqilishini taʼminlash, aprobatsiya oʻtkazish va natijalarni tegishli test nazariyalariga asoslanib tahlil qilish.
 Test tuzuvchi – menejerlik oʻquv kursining taʼlim menejmenti, taʼlim muassasasini rivojlantirish va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish, oʻzini-oʻzi va oʻqituvchilarni kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot yuritish, jamoatchilik va ota-onalar bilan hamkorlik modullaridan yakuniy sinov topshiriqlarini jami har oyda 28 ta mavzudan 56 ta test  va 1 ta keys (test va keys topshiriqlar bankini) tayyorlash.
 
Talabgorlar 2025-yil 13-yanvarga qadar A.Avloniy nomidagi pedagog mahorat milliy institutining kadrlar boʻlimiga quyidagi hujjatlar:
- Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;maʼlumotnoma (Obektivka);
- diplom, pasport nusxalarini topshirishlari soʻraladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
 Murojaat uchun telefon: (90) 805-26-63

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech