ABDULLA AVLONIY YODGORLIK MUZEYI UMAC JAHON MA’LUMOTLAR BAZASIGA KIRITILDI
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti qoshidagi Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi Xalqaro muzeylar kengashining (ICOM) Universitet muzeylari va kolleksiyalari xalqaro qo‘mitasi (UMAC) yuritadigan jahon ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Muzey ayni paytda ushbu bazaga O‘zbekistondan kiritilgan yagona muzey bo‘lib turibdi.
1946-yilda tashkil etilgan ICOM — UNESCO bilan rasmiy aloqada bo'lib, BMT huzurida maslahatchi maqomiga ega xalqaro tashkilot hisoblanadi. 137 mamlakat va hududdagi 50 ming a’zoni birlashtirgan UMAC esa dunyo universitetlari va oliy ta’lim muassasalari qoshidagi muzeylar hamda kolleksiyalar haqidagi ma’lumotlarni jamlaydi.
Bu – institutimiz va muzey faoliyatining xalqaro miqyosda e’tirof etilishi, Abdulla Avloniy hamda jadid ma’rifatparvarlari merosini jahon ilmiy hamjamiyatiga tanitish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
UMAC jahon ma’lumotlar bazasi
Ma’lumot uchun: muzey avvalroq Tripadvisor xalqaro sayyohlik platformasiga va Wikivoyage qo‘llanmasiga kiritilgan, u haqidagi maqolalar Vikipediyada bir necha tilda e’lon qilingan.
