Ma'lumoti: Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi).
Mutaxassislik: Mutaxassislik talab etilmaydi.
Mehnat staji: Kamida 2 yil. (tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan OTM bitiruvchilariga afzallik beriladi) shundan, kamida 1 yil ma’muriy-boshqaruv lavozimlarda yoki soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan bo‘lishi lozim.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
Qo‘shimcha talablar:
- O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);
- Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.