O‘ZBEKISTON natijalari
Tadqiqotning qamrovi va tanlab olingan maktablar
O‘zbekiston ishtiroki
Xalqaro taqqoslash
1.1 · Tabiiy fanlar bo‘yicha o‘rtacha ball
1.2 · Savodxonlik darajalari
1.3 · Gender kesimida
1.4 · Hayotdan qoniqish
1.5 · Hayotdan qoniqish: o‘quvchi va maktab xususiyatlari kesimida
1.6 · Tenglik va tarqoqlik — barcha davlatlar kesimida
Kompetensiyalar
2.1 · Kompetensiyalar — barcha davlatlar kesimida
Gender tafovutlari
Ijtimoiy tenglik
Natijalar taqsimoti
Trend 2022–2025
O‘quvchilarning qarashlari va munosabatlari
Shaharlar reytingi
Raqamli dunyoda o‘rganish
Hisoblash tafakkuri bo'yicha o'rtacha ball
Hisoblash tafakkuri orqali muammolarni yechish (CPS) PISA 2025 tadqiqotida ilk bor baholangan mustaqil yo‘nalish bo‘lib, o‘quvchilarning raqamli vositalar yordamida murakkab muammolarni bosqichma-bosqich hal qilish qobiliyatini o‘lchaydi. Bunda modellashtirish va dasturlash, tajriba o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda xatolarni aniqlab tuzatish kabi ko‘nikmalar baholanadi. Bunda online formatda baholashda ishtirok etgan davlat natijalari qiyoslangan.
Gender bo'yicha xalqaro taqqoslash
CPS bo'yicha gender kesimidagi xalqaro taqqoslash ishtirokchi tizimlarda qizlar va o‘g‘il bolalar natijalari o‘rtasidagi tafovutni ko‘rish va O‘zbekiston natijasini xalqaro ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashga xizmat qiladi.
Daraja taqsimoti gender kesimida
O‘quvchilarning hisoblash tafakkuri orqali muammolarni yechish (CPS) bo‘yicha malaka darajalari taqsimoti ularning raqamli vositalardan foydalanib muammolarni hal qilish va hisoblash jarayonlarini amalga oshirish qobiliyatini o‘lchaydi; tabiiy fanlar shkalasidan farqli ravishda, CPS uchun 2-daraja kabi yagona bazaviy chegara qo‘llanilmaydi. Diagramma qizlar va o‘g‘il bolalarning yetti daraja bo‘yicha taqsimotini taqqoslab, gender o‘rtasidagi malaka tarkibi farqlarini ko‘rsatadi.
Shaharlar kesimida taqqoslash
Toshkent shahri
O'rtacha ball: 437.86 ball
Shaharlar reytingi: Hisoblash tafakkuri
Shahar va hududlar kesimidagi natijalar hisoblash tafakkuri bo‘yicha o‘quvchilar ko‘rsatkichlarining mamlakat ichida hududlar bo‘yicha qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi. Dunyoning turli davlatlaridan 110 ta xalqaro sub-milliy hudud - O'zbekistondan Toshkent shahri natijalari keltirilgan.
Yuqoridagi «Reyting», «Davlatlar» va qidiruv boshqaruvlari bir vaqtning o'zida shu diagrammaga, «Jinslar kesimi» va «Mahorat darajalari» diagrammalariga hamda quyidagi to'liq jadvalga ta'sir qiladi.
Gender bo'yicha natijalar taqsimoti
Hisoblash tafakkuri orqali muammolarni yechish (CPS) bo‘yicha natijalardagi gender tafovutini hududlar kesimida baholash qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi natijalar farqini aniqlash imkonini beradi. Jumladan Toshkent shahrida qizlar va o'g'il bolalarning hisoblash orqali muammolarni yechish bo'yicha o'rtacha natijalari taqqoslangan.
Ijtimoiy-iqtisodiy holat (ESCS) kvartillari bo'yicha natijalar
CPS bo‘yicha natijalardagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovut o‘quvchilarning ESCS indeksi asosida to‘rtta kvartilga ajratilgan guruhlari orqali ko‘rsatiladi. Kvartillar o‘rtasidagi farq o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan CPS bo‘yicha natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hamda ushbu tafovutning hududlar bo‘yicha qanchalik farqlanishini ko‘rsatadi.
Savodxonlik darajalari
Har bir hududda (jumladan Toshkentda) o'quvchilarning CPS bo'yicha 7 ta malaka darajasi (1-darajadan past hamda 1–6-darajalar) bo'yicha taqsimoti ko'rsatiladi. Har daraja dasturlash-modellashtirish kompetensiyalari baholanib, taqsimot har hududda o'quvchilar bilimlari qaysi bosqichda to'planganini, ya'ni umumiy tayyorgarlik xolatini ko'rsatadi.
Ikki hududni yonma-yon taqqoslash
Ikkita tanlangan hududni radar (yulduzsimon) ko'rinishda (oltita ko'rsatkich - umumiy, qizlar, o'g'il bolalar o'rtacha balli, eng past va eng yuqori ijtimoiy-iqtisodiy to'rtlik balli hamda yuqori natijali ulush bo'yicha bir vaqtda) taqqoslash mumkin. Har bir ko'rsatkich umumiy shkalaga normallashtirilgani uchun birga tasvirlanadi;
Radardagi ikki hudud shaklining bir o'q bo'yicha uzoqlashuvi o'sha ko'rsatkichdagi eng katta farqni bildiradi.
Barcha 110 ta shahar/hudud bo'yicha to'liq ma'lumotlar jadvali
Jadval barcha ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida bir joyda ko‘rish, saralash va qidirish hamda hududlar natijalarini taqqoslash imkonini beradi. Ayrim hududlardagi natijalar kichik yoki odatiy bo‘lmagan tanlanmalarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Shu sababli bunday natijalarni taqqoslashda ehtiyotkorlik talab etiladi.