Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagog xodimlarning malaka oshirish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tartibga solinadi.

Ushbu hujjatlar asosida:
umumta'lim maktablari pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ularning malakasini zamonaviy ta'lim kompetensiyalarini yanada rivojlantirish asosida muntazam takomillashtirib boriladi;

— malaka oshirish kurslarini pedagoglarning kasbiy ehtiyojlari, bilim darajasi va amaliy faoliyat natijalari inobatga olingan holda tashkil etiladi;

— Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish, masofaviy taʼlim, dual taʼlim, mustaqil taʼlim, muqobil shakllarda taʼlim olish kabi shakllarda amalga oshiriladi;

— malaka oshirish tizimining sifatini oshirish, uning natijadorligini baholash hamda monitoring qilish mexanizmlari doimiy takomillashtirilib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-231-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 867-son qarorlari asosida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarining, jumladan pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi tubdan takomillashtirildi.


Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq pedagog xodimlarning malakasini oshirish tizimi quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
uzluksizlik va tizimlilik;
• kasbiy kompetensiyalarga yo‘naltirilganlik;
• amaliyot bilan integratsiyalashuv;
• natijadorlik va baholashning shaffofligi.
Malaka oshirish faoliyati joriy tartibga ko‘ra:
• pedagog kadrlar har 5 yilda kamida bir marotaba;
• 1 oy davomida;
• kamida 100 soat hajmda malaka oshirish kurslarini o‘tashi majburiy etib belgilangan.


Bu orqali pedagoglarning kasbiy rivojlanishini tizimli tashkil etish, zamonaviy ta’lim talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirish hamda ta’lim sifati barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Maktab pedagoglarining malaka oshirish har yili tashkil etiladigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari orqali ham bevosita amalga oshirib kelinmoqda.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish quyidagi asosiy ta’lim shakllari orqali amalga oshiriladi:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish;
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish;
• masofaviy ta’lim;
• dual ta’lim;
• mustaqil ta’lim;
• muqobil (innovatsion) ta’lim shakllari.
Mazkur shakllar pedagog xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini izchil rivojlantirish, ularning amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘langan holda o‘qishini ta’minlash hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, malaka oshirish kurslari zamonaviy talablar asosida modul tizimida tashkil etilib, ularning mazmuni ijtimoiy, umumkasbiy va fan metodikasiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi hamda yakuniy attestatsiyada baholash orqali yakunlanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqaruvida umumta'lim muassasalari o'qituvchilarining malaka oshirish tizimi yaxlit va izchil yondashuv asosida tashkil etilgan. Mazkur tizimda A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yetakchi metodik va muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, hududiy pedagogik mahorat markazlari, pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim tashkilotlari malaka oshirish tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etmoqda.

Taʼlim xizmatlari

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech