Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog xodimlarning malaka oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963 va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarorlari asosida tartibga solinadi.

Ushbu hujjatlar asosida :

xalq taʼlimi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda "Uzluksiz kasbiy taʼlim" maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;

har bir xalq taʼlimi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritiladi;

xalq taʼlimi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

anʼanaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni (1 va 3-bandlari) hamda “Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son Qarori (4-bandi), shuningdek mazkur Farmon va Qaror ijrosi yuzasidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvarda qabul qilingan “Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvarda qabul qilingan “Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-25-son Qarori bilan xalq ta'limi xodimlarining, jumladan, pedagog kadrlarning 5 yillik davriylikka asoslangan malaka oshirish tizimi “hayot davomida oʻqish tamoyili”ga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga transformasiya qilindi.

Hozirgi, shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamon va unga mos boʻlgan ta'lim tizimida oʻqituvchi bir marta 144 soat (1 oy) malaka oshirib, keyingi 4 yilu 11 oy davomida malakasini oshirmasligi ta'limni turgʻun holatga keltirishi muqarrar.
Shuning uchun ham yuqoridagi farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida umumta'lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari, xususan maktab oʻqituvchilarining har yili kamida 6 kun majburiy malaka oshirishi belgilab qoʻyildi.

Malaka oshirish oʻqituvchini tayyorlamaydi, unga ta'lim va oʻqitish metodikasidagi yangiliklarni beradi. Oʻqituvchini maktabidagi ta'lim jarayonidan (ba'zan  - yashash joyidan) ajratib, majburiy tarzda 144 soat (ya'ni 1 oy) oʻqitish maktablarimizdagi ta'lim sifatini oshirishga olib kelmagani oʻtgan 30 yillik tajribadan koʻrinib turibdi.Malaka oshirish oʻqituvchini tayyorlamaydi, unga ta'lim va oʻqitish metodikasidagi yangiliklarni beradi.

Oʻqituvchini maktabidagi ta'lim jarayonidan (ba'zan  - yashash joyidan) ajratib, majburiy tarzda 144 soat (ya'ni 1 oy) oʻqitish maktablarimizdagi ta'lim sifatini oshirishga olib kelmagani oʻtgan 30 yillik tajribadan koʻrinib turibdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga muvofiq «Uzluksiz kasbiy ta'lim» maxsus elektron platformasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta'lim olishning 6 ta shakli belgilangan. Bular quyidagilar:

• ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish;

• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish;

• masofaviy ta'lim;

• dual ta'lim;

• mustaqil ta'lim;

• malaka oshirishning muqobil shakllari.

Malaka oshirish shakllarining koʻpayishi, 500,0 ming nafardan ziyod xodimlarning bir yilda toʻliq malaka oshirish kurslariga ishtirokini ta'minlash uchun albatta zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalnish hamda halqaro, maxalliy ta'lim platformalarni ilmiy tahlillar qilgan holda yaratilgan “Uzluksiz kasbiy ta'lim” elektron platformasi muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan Oliy ta'lim muassasalari va nodavlat ta'lim tashkilotlarini roʻyhatga olish elektron Reyestri ishlab chiqildi. Hozirda Vazirlik tomonidan Reyestr orqali kelib tushgan arizalar tegishli tartibda koʻrib chiqilib 2 ta Oliy ta'lim muassasasi (Jizzax davlat pedagogika universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti) va 4 ta nodavlat ta'lim tashkilotlari (“Ziyo muallim pedagoglar rivojlanish markazi”, “Turon international school group” va “Tafakkur charxpalagi”, “Orzu qanoti”)ga pedagog xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun ruxsat berilgan.

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech