Javob: Xodimlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirish.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 20-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi  xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-sonli qaror asosida tashkil etiladi. https://lex.uz/uz/docs/7271575

Javob: Qayta tayyorlash kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllari orqali o‘tkazilishi mumkin.

Bunda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllarida tashkil etilgan kurslarning kamida bir oyi yoki kamida 144 soati bevosita kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida o‘tkazilishi shart.

Javob: retrain.uzedu.uz platformasi orqali. 

Javob: Kasbiy qayta tayyorlash kurslari 5-7 oy, pedagogik qayta tayyorlash esa 11 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Javob: Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganingizdan so‘ng muayyan fandan dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi.

Javob: Murojaatlar dushanba-juma kunlari 55 5089 06 67 (2) yoki +998774147483 raqamiga soat 09:00-18:00 gacha telefon orqali bog‘lanish mumkin. Yoki https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Javob: Qayta tayyorlashning asosiy turlari:

pedagogik qayta tayyorlash;

kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv).

Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish hisoblanadi.

Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hisoblanadi.

Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan boshqa soha mutaxassislariga pedagogik faoliyat yuritishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tishi talab qilinadi.

Ilmiy faoliyat

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech