O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 28-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbiralar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi haqidagi 209-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti Ustaviga mufoviq Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.

Ilmiy kengash Institut faoliyatiga doir asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun tashkil etiladi va Institut rektori raisligida faoliyat ko‘rsatadi. Ayrim istisno holatlarda Institut ilmiy maslahatchisi Ilmiy kengash majlisida raislik vazifasini bajarishi mumkin.

Ilmiy kengash Institutning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

Nizom bo‘yicha Ilmiy kengash tarkibiga Institut rektori (Rais), Ilmiy maslahatchi (rais o‘rinbosari), prorektorlar, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va kafedralar mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda yetakchi-professor-o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin. Ilmiy kengash tarkibi Institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va turli sabablarga ko‘ra tarkibdan chiqqanlar o‘rniga, yangi aʼzolar mazkur Nizom asosida kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 347/5-son rayosat qarori 1-ilovasiga muvofiq, A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengash hamda mazkur Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar tarkibi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda tasdiqlandi.

Mazkur ilmiy darajalar beruvchi  PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengash hamda mazkur Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar tarkibiga institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy natijalarni keng muhokama etishni tashkil etish maqsadida tajribali va ilmiy natijalarga ega salohiyatli soha mutaxassislari kiritildi.

Shuningdek, Ilmiy kengashda Respublikaning barcha hududlarida ilmiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun quyidagi ixtisosliklar:

13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktab ta’limi yo‘nalishi);

13.00.07-Ta’limda menejment (maktab ta’limi yo‘nalishi) bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasiga ruxsat berildi.

Mazkur ilmiy kengash asosida quyidagi ixtisoslik 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedogogik ta’limotlar tarixi (maktab ta’limi yo‘nalishi) bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi bir martalik ilmiy kengash  tuzishga ruxsat berildi.

1. Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich - kengash raisi

2. Ibraymov Askar Esbasinovich - rais o'rinbosari

3. Xurramov Isroil Abdurashidovich - ilmiy kotib

4. Tashkenbayev Ulug'bek Negmatovich

5. Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna 

6. Ismailov Abduvali Abdumalikovich

7. Musayev Jaxongir Payazovich

8. Askarov Abror Davlatmirzayevich

9. Abdullayeva Nafisa Shavkatovna

10. Mahmudov Abduhalim Xamidovich

11. Sharipova Dilara Djumaniyazovna

12. Ergasheva Malohat Tursunovna

13. Baybayeva Muhayyo Xudaybergenevna

14. Xolmuradov A'zam Shaxriyorovich

15. Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovna

1. Ibraymov Askar Esbasinovich - rais

2. Ismailov Abduvali Abdumalikovich - rais o'rinbosari

3. Yusupova Dilnoza Fayzullayevna - ilmiy kotib

4. Xo‘jayev Alijon Atabekovich

5. Abdullayeva Nafisa Shavkatovna

6. Mahmudov Abduhalim Xamidovich

7. Ergasheva Malohat Tursunovna

8. Ibragimov A'lamjon Amrilloyevich

9. OAK ekspert kengashi a'zosi

10. Askarov Abror Davlatmirzayevich

11. Mamatkulov Davlatjon Maxamatjonovich

12. Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovna

13. Baxramov Anvar Axrarovich

14. Alkarov Elyor Maxmudovich

15. Sharipova Dilara Djumaniyazovna

16. Shermonov Eldor Uralovich

17. Temirov Dilshod Sheraliyevich

18. Otamurodov Gʻolibjon Ro‘zimurodovich

19. Sangirova Zamira Bozorboyevna

Ilmiy faoliyat

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech