Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 25 dekabrda “Davlat umumiy oʻrta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 681-son qarori tasdiqlandi.
Mazkur qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023 yil 28 dekabrdagi 578-son buyrugʻi qabul qilindi. Ushbu buyruq asosida Menejerlik oʻquv kursning oʻquv rejasi, namunaviy oʻquv dasturi, tayanch maktablar roʻyxati, baholash mezonlari va yillik reja-taqsimot tasdiqlandi.
Oʻquv dasturidagi modullar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar dastlab saralash bosqichidan oʻtkazildi va kurslar boshlanishidan avval xalqaro trenerlar tomonidan professor-oʻqituvchilar uchun 2024 yil 17-19 yanvar kunilari qisqa muddatli tayyorlash kurslari tashkil etildi.

Menejerlik oʻquv kurslarining oʻquv rejasiga asosan oʻqish muddati 1 oy (144 soat) hajmda offlayn shaklda tashkil etilmoqda. Oʻquv dasturiga asosan nomzodlar va amaldagi direktorlar uchun 6 ta modullar asosida oʻqitilmoqda. Bular “Ta'lim menejmenti”, “Ta'lim muassasasini rivojlantirish va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish”, “Oʻzini-oʻzi va oʻqituvchilarni kasbiy rivojlantirish”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Ish yuritish va hisobot”, “Jamoatchilik va ota-onalar bilan munosabat” va “Maktab amaliyoti” modullaridan iborat.

Reja-taqsimotga koʻra 2024 yilda 1500 nafar umumiy oʻrta ta'lim maktabi direktori lavozimiga nomzodlarni, 1000 nafar amaldagi maktab direktorlarini “Menejerlik oʻquv kurslari”da oʻqitish belgilangan.Reja-taqsimotga koʻra 2024 yilda 1500 nafar umumiy oʻrta ta'lim maktabi direktori lavozimiga nomzodlarni, 1000 nafar amaldagi maktab direktorlarini “Menejerlik oʻquv kurslari”da oʻqitish belgilangan.Joriy yilning 1 fevralidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqitish jarayoni yoʻlga qoʻyildi va dastlab 106 nafar nomzodlar oʻquv kursiga qabul qilindi.

Navbatdagi oʻquv kurslari mart va aprel oylarida tashkil etildi.Bugungi kunga qadar “Menejerlik oʻquv kursi”ga 533 nafar nomzodlar qabul qilingan boʻlib, ularning 227 nafari (shundan 25 nafari qayta topshirish natijasida) menejerlik sertifikatini olgan, 6 nafar tinglovchilar turli sabablarga koʻra kurs safidan chetlashtirilgan. Yakuniy sinovlardan etarli ball toʻplay olmagan 151 nafar nomzodlar platforma (manager.uzedu.uz) orqali qayta topshirish uchun ariza bergan.Ayni vaqtda “Menejerlik oʻquv kursi”da 149 nafar maktab direktori lavozimiga nomzodlar oʻqitilmoqda.  Shuningdek, rejaga asosan 2024 yil aprel oyidan rejalashtirilgan amaldagi maktab direktori uchun “Menejerlik oʻquv kurslari” joriy yilning 15 aprelidan boshlandi va oʻquv kurslariga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining buyurtmasiga asosan 149 nafar (5 ta guruh, shundan 2 ta guruh Toshkent shahar) maktab direktorlari (tinglovchilar) qabul qilingan.

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech