Ismailov Abduvali Abdumalikovich

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori

rahbariyat
director

Ismailov Abduvali Abdumalikovich

1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Mehnat faoliyati

2006-2008 yy.-Toshkent kimyo-texnologiya institutida Axborot texnologiyalari markazi muxandis-dasturchi;
2008-2012 yy.-Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor yordamchisi;
2010-2012 yy.-Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
2012-2014 yy.-Polsha Respublikasi Varshava tabiiy fanlar universitetida ilmiy stajirovka o‘tagan;
2014-2015 yy.-Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i (Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti);
2015-2017 yy.-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi;
2017-2018 yy.-O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirligida O‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi;
2018-2023 yy.-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori;
2023-y.-. - A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori.

A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektorining lavozim majburiyati quyidagilar: 

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, institut ustavi talablariga rioya qiladi;

- Institut hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlari (keyingi o‘rinlarda - Hududiy markazlar)ning o‘quv, ilmiy, metodik faoliyatiga rahbarlik qilish ishlarni tashkil etadi;

- Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

- prorektorlar va institut xodimlarining vakolatlarini belgilaydi;

- Institut tarkibiy bo‘limlari, markazlar va kafedralariga rahbarlik qilish borasida prorektorlar va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;

- prorektorlar, tarkibiy bo‘limlar, markazlar rahbarlari va kafedralar mudirlari hamda Hududiy markazlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

- yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar va tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi;

- Institut kengashi tavsiyalari asosida institut va Hududiy markazlarning o‘quv-mavzu rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejasini tasdiqlaydi;

- belgilangan tartibda institut mulki va mablag‘larini tasarruf etadi, o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va ishonchnomalar beradi;

- Institut xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

- Institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtiradi;

- qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini ta’minlaydi;

- Institutda maishiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, institut o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;

- Institutning ichki tartib-qoidalarini tasdiqlaydi;

- Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlar, konsepsiyalar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;

- Institutning ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi, o‘rnatilgan tartibda uning yillik va istiqboldagi ish rejalarini tasdiqlaydi;

- Institutning bosh moliyaviy boshqaruvchisi sifatida mablag‘lar tushumi va uni maqsadli sarflanishi uchun javob beradi va mablag‘lar sarfini maksimal darajada iqtisod qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish, davlat budjeti, bank muassasalari, ta’minotchilar, pudratchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun institutning moliyaviy manbalari ustidan nazorat o‘rnatadi;

- xodimlar mehnati uchun yetarli shart-sharoit yaratish, mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoida va me’yorlari hamda mehnat intizomiga rioya qilinishini ta’minlaydi;

- moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi;

- Institut tuzilmasi va xodimlar mehnatini tashkil etishni takomillashtirish ishlariga rahbarlik qiladi;

- Tasdiqlangan rejalar va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish, qayta tiklash, shuningdek, asosiy fondlarni to‘liq ta’mirlash ishlariga boshchilik qilish, qurilgan obyektlar va olingan asbob-uskunalarni o‘z vaqtida ishga tushirishni ta’minlaydi;

- xodimlarni o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish, yangi muddatga lavozimlarga saylash va bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlov asosida nomzodlarni tayinlaydi;

- doimiy ravishda xodimlar malakasini oshirish, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi instituti orqali tegishli ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi;

- xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning mehnat, yashash va madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi;

- Institut kengashning raisi bo‘lib, uning faoliyatini boshqaradi;

- Institut va Hududiy markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qiladi, xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil qiladi;

- jamoa shartnomasining rahbariyatga tegishli bandlarining bajarilishini ta’minlaydi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va vazirlikning buyruq va hay’at qarorlari ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash va bu borada xodimlar mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi.

director

Raxmanov Zafarjon Yashinovich

Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor

Raxmanov Zafarjon Yashinovich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Zafarjon Raxmanov - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini Samarqand iqtisodiyot va servis institutida boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Bugunga qadar Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.

Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor:

-Institut hamda Hududiy markazlardagi o‘quv, metodik ishlariga rahbarlik qiladi;
-Institutda malaka oshirish, qayta tayyorlash, rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy
mahoratini baholash jarayonlarini tashkil etadi;
-Maktab ta’lim muassasalari direktorlari va direktor lavozimiga nomzodlarni maxsus dasturlar asosida o‘qitish, ularning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasidan kelib chiqib menejerlik sertifikatini berish ishlarini tashkil etadi;
-kasbiy rivojlantirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlari sifatini nazorat qilish, ta’lim jarayoniga oid tahlillar olib borish va o‘quv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
-rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, malaka oshirish va qayta tayyorlashning an’anaviy, muqobil, dual va mustaqil shakllarini amaliyotga keng joriy etish ishlarini tashkil etadi;
-institut kafedralarining o‘quv, metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
rejali yo‘nalishlar bo‘yicha yillik va istiqbol ish rejalari tuzish hamda o‘rnatilgan tartibda
tasdiqqa kiritish ishlarini tashkil etadi;
-davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar
tayyorlashni ta’minlash;
-o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib
o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan
samarali foydalanishni tashkil etish;
-o‘quv-mavzu rejalarni, dasturlarni tayyorlash, tuzish, ularga tegishli o‘zgartirish va
yangiliklarni kiritib boradi;
-darslarni tahlil qiladi va uning natijalarini muhokama qiladi hamda o‘qituvchilarga metodik
yordam beradi;
-kafedra va biriktirilgan o‘quv xonalarini zamonaviy talablarga binoan jihozlashga metodik
yordam beradi;
-ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini,
innovatsion va interfaol usullarni qo‘llashni tashkil etadi;
-o‘quv mashg‘ulotlari jadvallarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishini
va o‘quv reja, o‘quv dasturlarining to‘liq bajarilishini nazorat qiladi;
-ilg‘or ijodkor pedagoglar bilan metodik ishlar olib boradi, ularning ish tajribalarini
o‘rganadi, umumlashtirish va ommalashtirish ishlariga rahbarlik qiladi;
-institut professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalari bajarilishini nazorat qiladi;
-institut o‘quv jarayoni bo‘yicha hisobotlari va axborotlari monitoringini olib boradi, ijro
intizomiga rioya qiladi;
-malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha dastur, o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish,
ta’limdagi ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rganish, tajriba-sinov
ishlarini muvofiqlashtirib boradi hamda amaliyotga joriy qiladi;
-ish faoliyatida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida institut rektoriga
takliflar kiritadi;
-o‘quv jarayonida ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha xorijiy hamda nodavlat tashkilotlar
bilan hamkorlik qiladi;
-ma’ruzachilar faoliyati ustidan izchil nazorat o‘rnatadi;

-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish,
ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda
kadrlar zaxirasining shakllantirilishini ta’minlash ishlarida ishtirok etadi;
-Institut faoliyati bilan bog‘liq uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etadi;
o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odobaxloq
qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik
xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etadi;
-institutning obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qiladi;
-faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
-yo‘nalishidagi bo‘limlar ishlarini vakolati doirasida nazorat qilib boradi;
-faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni o‘rganadi,
mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;
-o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi;
-ichki mehnat tartibi qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, jamoa va mehnat
shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in
xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi;
-institut rektorining buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli
bajarishni ta’minlaydi;
-bajarilgan ishlar to‘g‘risida institut rektori oldida hisobot beradi;
-o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu
jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda
o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari
yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
-Institut rektorining ta’tilda, xizmat safarida va kasallik davrida uning vazifalarini vaqtincha
bajarib turadi.

director

Rajabov Sherzod Umurzoqovich

Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Rajabov Sherzod Umurzoqovich

Sherzod Rajabov — Toshkent moliya institutida bakalavr va magistraturani tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor. Toshkent moliya institutida o‘qituvchi, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektor maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.

Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

 - Institut hamda Hududiy markazlari ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi;

- institutga yuklangan vazifa va kasbiy majburiyatlarni bajaradi, ijro intizomiga rioya qiladi;

- ilmiy ishlarning mavzu rejasini tuzadi, malaka oshirish muammolari, izlanishlar va yechimlariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyani o‘tkazishga, ilmiy-uslubiy to‘plamlarni nashr etishga rahbarlik qiladi;

- institutning O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy Attestatsiya Komissiyasi bilan aloqalari va hamkorligini ta’minlaydi;

- dissertatsiyalar himoyasi hamda ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar berish bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqadi;

- ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish maqsadida xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

- rejali yo‘nalishlar bo‘yicha yillik va istiqbol ish rejalari tuzish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish ishlarini tashkil etadi;

- institutning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshiradi;

- institutning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq asosiy masalalarni hal etish va tasdiqlangan ish rejalarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning muddatida bajarilishini ta’minlaydi

malaka oshirish jarayonida ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;

- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda kadrlar zahirasining shakllantirilishini ta’minlash ishlarida ishtirok etadi;

- doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qiladi;

- doktorantlarning ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish ishlarini amalga oshiradi;

- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash, kafedralar va bo‘limlar bilan birgalikda ilmiy-uslubiy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish ishlarini tashkillashtiradi;

- bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshiradi;

- institut kengashi materiallarini tayyorlashga rahbarlik qilish, institutning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlarini tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;

- institutda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;

- institut faoliyati bilan bog‘liq uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etadi;

- o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etadi;

- institutning obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi;

- faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni o‘rganadi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;

- faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

- o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi;

- ichki mehnat tartibi qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi;

- institut rektorining buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlaydi;

- bajarilgan ishlar to‘g‘risida institut rektori oldida hisobot beradi.

o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech