O‘zbekiston Resublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida 13.00.07-“Taʼlimda menjment” va 13.00.02-“Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha pedagogika fanlari doktornatlarini (PhD, DSc) tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ushubu ixtisosliklar bo‘yicha hozirgi kunda jami 13 nafar izlanuvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqda.

13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazaiyasi va metodikasi

13.00.07-Ta’limda menejment

     

 Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

1. Ariza.
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
7. Pasport nusxasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga Oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

1. Ariza.
2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
8. Pasport nusxasi.
9. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
10. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech