DIQQAT! A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Raqamli texnologiya va inklyuziv ta’lim integratsiyasi yo‘nalishida maktab salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha seminar tashkil etish hamda raqamli yechimlarni mahalliylashtirishda texnik yordam ko‘rsatish” loyihasi doirasida mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
✅ Loyiha koordinatori;
✅ Boshqaruvchilarga AKTni joriy etish bo‘yicha maktab rejasini ishlab chiqishda ko‘mak berishni umumiy muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ O‘qituvchilar kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis;
✅ O‘qituvchilarning AKT kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Yangi AKT uskunalarini joriy etish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Inklyuziv ta’lim bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Buxgalter;
✅ Maktab rejasini amalga oshirish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha maktab maqsadlarini belgilashda direktorlarga metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Eduten platformasiga mos kontent maqsadlarini belgilash va uni mahalliy sharoitga moslashtirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha direktorlarga metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Eduten platformasi kontentini mahalliy shart-sharoit va o‘quv dasturiga moslashtirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Eduten platformasi kontentini mahalliy sharoit va o‘zbek tiliga moslashtirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ TeachersPro platformasini mahalliy shart-sharoitga moslashtirish jarayonini muvofiqlashtish;
✅ TeachersPro platformasini lokalizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Logistika bo‘yicha mutaxassis;
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅ Oliy ma’lumot ta’limi sohasida yuqori malaka hamda kadrlar, normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor, ta’limni raqamlashtirishga oid yuqori ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yangi baholash tizimlarini tushunishi, moliya-buxgalteriya sohalari bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat, intizom va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
Loyiha menejeri
- Loyiha maqsadi va talablarini aniqlash;
- Loyiha rejasi va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
- Loyihada ishlaydigan jamoa a’zolarini tanlash, ularga vazifalar va mas’uliyatlar berish. Jamoa a’zolarini samarali boshqarish va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
- Loyihaga xos bo‘lgan potensial xatarlarni baholash va ularga qarshi choralarni ko‘rish. Loyihaning barcha bo‘limlarida xavf-xatarlarni minimallashtirish;
- Loyiha to‘liq amalga oshirilganidan keyin, natijalarni aniqlash va loyiha ishini rasman yakunlash. Loyiha xulosasini tayyorlash va kelajakda shunga o‘xshash loyihalar uchun tavsiyalar berish;
- Ishlarni muvofiqlashtirish va ishchi guruh a’zolarining asosiy hisobotini ishlab chiqish;
- Loyihaning tatbiq etilishi va uning natijalari haqida batafsil hisobot tayyorlash;
- Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish.
Buxgalter
- Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlariga monand hisob siyosatini shakllantirish;
- Hisobotlarni va buxgalteriya hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash;
- To‘lov hisob-kitoblari, to‘lovlar va soliqlarning turli darajadagi budjetlarga o‘tkazmalari va hisob-kitoblarini hamda bank muassasalariga to‘lovlarni tayyorlashni ta’minlash;
- Moliya masalalari bo‘yicha normativ, Qonunchilik va huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Buxgalteriya hujjatlarini ro‘yxatga olishning to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligini nazorat qilish;
- Loyiha ishtirokchilariga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘rish.
Boshqaruvchilarga AKTni joriy etish bo‘yicha maktab rejasini ishlab chiqishda ko‘mak berishni umumiy muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis
- Maktab rahbarlariga AKTni joriy etishga oid strategik maqsadlarni belgilashda maslahat berish.
- Maktablarda AKT rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish.
- Davlat ta’lim standartlari hamda AKT siyosatlariga muvofiq metodik tavsiyalarni taqdim etish.
- Maktab rahbarlari va o‘qituvchilar o‘rtasida AKTga oid o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish.
- AKTni joriy etish bilan bog‘liq muvaffaqiyatli tajribalarni tahlil qilish va boshqaruvchilarga tavsiyalar tayyorlash.
- Maktablarda AKT infratuzilmasini baholash va zarur texnik talablarni aniqlash.
- Maxsus o‘quv kurslari yoki seminarlar orqali direktorlarning AKT bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
O‘qituvchilar kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis
- O‘qituvchilarning o‘quv jarayonidagi roli va samaradorligini baholash uchun diagnostika usullarini belgilash.
- Maktab maqsadlarini belgilashda pedagogik ehtiyojlar va zamonaviy ta’lim tendensiyalarini inobatga olish.
- Kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan aniq, o‘lchanadigan va amaliy maqsadlarni shakllantirishda direktorlarga maslahatlar berish.
- O‘qituvchilar uchun muntazam kasbiy rivojlantirish faoliyatlarini (treninglar, seminarlar, vorkshoplar) rejalashtirish va tashkil etish.
- O‘qituvchi kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha xalqaro va mahalliy tajribalarni tahlil qilish va ularni maqsadli rejalarga moslashtirish.
- Maktab jamoasi ichida barqaror malaka oshirish madaniyatini shakllantirishda rahbarlarga metodik ko‘mak ko‘rsatish.
- Kompetensiyani oshirishga oid dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirish va baholash.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
O‘qituvchilarning AKT kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis
- Maktablarda AKT yo‘nalishidagi rivojlanish ehtiyojlarini tahlil qilish va ushbu tahlil asosida aniq maqsadlarni belgilashda rahbarlarga yordam berish.
- AKT sohasida o‘qituvchilarning kompetensiyasini oshirish bo‘yicha strategik maqsad va vazifalarni shakllantirishda direktorlarga metodik ko‘mak ko‘rsatish.
- AKT bo‘yicha malaka oshirish kurslari, seminarlar va amaliy treninglar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish.
- O‘qituvchilar tomonidan AKT texnologiyalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar bo‘yicha tavsiyalar berish.
- AKT kompetensiyalarini oshirish maqsadida pedagoglar uchun resurslar va elektron platformalarni tanlash va joriy etishga ko‘maklashish.
- AKT maqsadlarining maktab rivojlanish rejasiga integratsiya qilinishi jarayonini muvofiqlashtirish.
- Maktabda AKT kompetensiyalarini oshirish samaradorligini baholash uchun monitoring va tahlil mexanizmlarini taklif etish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis
- Maktab infratuzilmasining hozirgi holatini baholash va tahlil qilishda direktorlarga metodik yordam ko‘rsatish.
- Maktab infratuzilmasini rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashda ko‘mak berish.
- Infratuzilma bo‘yicha aniq, amaliy va resursga mos maqsadlarni belgilashda direktorlar bilan hamkorlik qilish.
- Ta’lim uchun zarur texnik va moddiy baza (sinfxonalar, laboratoriyalar, AKT vositalari) bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
- Infratuzilma loyihalari bo‘yicha mahalliy hokimiyat, homiylar va jamoatchilik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahatlar berish.
- Maqsadlarga erishish uchun zarur infratuzilmaviy o‘zgarishlarni rejalashtirish va ustuvorlashtirishda yordam berish.
- Maktab muhitini xavfsiz, inklyuziv va qulay qilishga yo‘naltirilgan infratuzilmaviy chora-tadbirlar bo‘yicha ko‘maklashish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Yangi AKT uskunalarini joriy etish bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis
- Maktabdagi mavjud AKT uskunalarining holatini baholash va tahlil qilishda direktorlarga yordam berish.
- Yangi AKT uskunalarini joriy etishga oid aniq va amaliy maksadlarni belgilashda metodik ko‘mak ko‘rsatish.
- Yangi uskunalarning ta’lim jarayoniga ta’sirini hisobga olgan holda ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashda ishtirok etish.
- AKT uskunalarini tanlash, xarid qilish va joylashtirish jarayonlari bo‘yicha direktorlarga maslahat berish.
- O‘qituvchilar va texnik xodimlar uchun yangi uskunalardan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishga ko‘maklashish.
- AKT uskunalaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida texnik qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash.
- Joriy etilayotgan uskunalarni ta’lim dasturlariga integratsiya qilishda rahbariyatni qo‘llab-quvvatlash.
- Yangi AKT uskunalarini joriy etish jarayonini monitoring qilish va baholash mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Inklyuziv ta’lim bo‘yicha maktab maqsadlarini ishlab chiqishda direktorlarga ko‘mak berish bo‘yicha mutaxassis
- Maktabdagi inklyuziv ta’lim bo‘yicha mavjud holatni tahlil qilish va tahlil natijalari asosida maqsadlar belgilashda direktorlarga maslahat berish.
- Inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha aniq, amaliy va o‘lchanadigan maqsadlarni shakllantirishda ko‘maklashish.
- Barcha bolalar, jumladan, imkoniyati cheklangan yoki alohida ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun qulay o‘quv muhitini yaratish bo‘yicha takliflar berish.
- Maktab xodimlari va o‘qituvchilari uchun inklyuziv ta’limning asoslari bo‘yicha treninglar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ishtirok etish.
- Inklyuziv ta’lim bo‘yicha milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlar va xalqaro tajribalar asosida maqsadlarni muvofiqlashtirish.
- Ota-onalar, mahalla va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
- Inklyuziv ta’limni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, resurslar va metodik qo‘llanmalarni aniqlashda ko‘maklashish.
- Inklyuziv ta’lim bo‘yicha belgilab olingan maqsadlarning ijrosini monitoring qilish va tahlil etish jarayonlarida ishtirok etish
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Maktab rejasini amalga oshirish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha maktab maqsadlarini belgilashda direktorlarga metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis
- Maktab rejasining asosiy yo‘nalishlari va vazifalariga muvofiq monitoring mezonlari va ko‘rsatkichlarini belgilashda ko‘maklashish.
- Direktorlar va mas’ul xodimlar uchun monitoring jarayonida axborot yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha maslahat berish.
- Ijro jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Monitoring natijalari asosida rejani qayta ko‘rib chiqish yoki yangilash bo‘yicha tavsiyalar berish.
- Maktab rejasi ijrosi bo‘yicha muntazam hisobotlar tayyorlashda va tahlil etishda direktorlarga ko‘maklashish.
- Maktab jamoasi va keng jamoatchilikni monitoring natijalari bilan xabardor qilish usullari (prezentatsiyalar, yig‘ilishlar) bo‘yicha ko‘mak berish.
- Reja ijrosini baholash orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashda ishtirok etish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Eduten platformasiga mos kontent maqsadlarini belgilash va uni mahalliy sharoitga moslashtirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha direktorlarga metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis
- Eduten platformasining o‘quv maqsadlari va funksional imkoniyatlarini tahlil qilish va maktab talablariga mos kontent yo‘nalishlarini aniqlashda yordam berish.
- Platforma kontentini mahalliy o‘quv dasturlariga muvofiqlashtirish maqsadida strategik rejalar ishlab chiqishda direktorlarga maslahat berish.
- Mahalliy kontekst (til, madaniyat, o‘quv muhiti) va o‘qituvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda kontentni tanlash va adaptatsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish.
- Eduten platformasi kontenti asosida maktab maqsadlarini shakllantirishda o‘qituvchilar va metodistlar bilan hamkorlikda ishlash.
- Mahalliylashtirilgan kontentni testdan o‘tkazish va natijalar asosida takliflar berish.
- O‘qituvchilarga platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar va metodik tavsiyalar tayyorlash va taqdim etish.
- Mahalliylashtirish jarayonida viloyat, tuman va respublika darajasidagi mutasaddilar bilan hamkorlikni tashkil qilish.
- Eduten platformasini joriy etish va moslashtirish jarayonini monitoring qilish va natijalarni tahlil qilish orqali doimiy ravishda takomillashtirishga ko‘maklashish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
- Eduten platformasi kontentini mahalliy shart-sharoit va o‘quv dasturiga moslashtirish bo‘yicha malakali matematik mutaxassis
- O‘zbekiston umumta’lim o‘quv dasturlarini tahlil qilish va Eduten platformasi kontenti bilan muvofiqligini baholash.
- Matematika fanining mahalliy talablariga mos holda platformadagi mashqlar, topshiriqlar va dars materiallarini tanlash va tuzatish.
- Platformadagi kontentni mahalliy til, madaniyat va pedagogik yondashuvlarga moslashtirish bo‘yicha metodik takliflar tayyorlash.
- O‘qituvchilar uchun Eduten kontentidan samarali foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Mahalliylashtirilgan kontentni sinovdan o‘tkazish va uning o‘quvchilarga ta’sirini tahlil qilish.
- Matematika fanining turli sinflar va dars bosqichlariga mos kontent bo‘lishini ta’minlash.
- Platformadagi kontentni inklyuziv ta’lim talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
- Mahalliylashtirilgan kontent sifatini doimiy ravishda monitoring qilish va takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
- Eduten platformasi kontentini mahalliy sharoit va o‘zbek tiliga moslashtirish bo‘yicha matematika sohasida yuqori malakali mutaxassis
- Eduten platformasidagi matematika kontentini tahlil qilish va uni o‘zbek ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Kontentni aniq, to‘g‘ri va uslubiy jihatdan maqbul tarzda o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida qatnashish.
- O‘zbek tilidagi matematika atamalari va uslubiga muvofiq lingvistik moslikni ta’minlash.
- Tarjima qilingan va moslashtirilgan kontentni maktab darsliklari va o‘quv dasturlari bilan uyg‘unlashtirish.
- O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun lingvistik jihatdan tushunarli va fanga muvofiq bo‘lgan materiallarni tanlash va tahrirlash.
- Mahalliylashtirilgan kontentni testdan o‘tkazish va pedagogik samaradorligini baholashda ishtirok etish.
- Kontentni turli sinf va o‘quv darajalari uchun moslashtirishda fan va til talablarini hisobga olish.
- O‘qituvchilarga Eduten platformasining o‘zbek tilidagi kontentidan samarali foydalanish bo‘yicha metodik ko‘mak ko‘rsatish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
TeachersPro platformasini mahalliy shart-sharoitga moslashtirish jarayonini muvofiqlashtirish
1.Platformaning funksional imkoniyatlarini tahlil qilish va ularni mahalliy ta’lim tizimi talablari bilan solishtirish.
- Mahalliy ta’lim muhiti, pedagogik yondashuvlar va o‘qituvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda moslashtirish strategiyasini ishlab chiqish.
- Platforma kontentini mahalliy o‘quv dasturlariga muvofiqlashtirish jarayonini boshqarish.
- Moslashtirish jarayonida mahalliy mutaxassislar, o‘qituvchilar va metodistlar bilan yaqin hamkorlik qilish.
- Platformadagi mavjud materiallarni tahrir qilish, qo‘shimcha modullar ishlab chiqish va tarjima ishlarini muvofiqlashtirish.
- Mahalliylashtirilgan TeachersPro kontentini sinovdan o‘tkazish va sinov natijalari asosida takliflar kiritish.
- Mahalliylashtirish jarayonining barcha bosqichlarini hujjatlashtirish va hisobotlar tayyorlash.
- Ta’lim tashkilotlari va hukumat muassasalari bilan hamkorlikda moslashtirish jarayonini rasmiylashtirish va ilgari surish.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
TeachersPro platformasini lokalizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis
- TeachersPro platformasidagi kontent va interfeysni mahalliy til, madaniyat va ta’lim talablariga mos holda tahlil qilish.
- Kontentni o‘zbek tiliga to‘g‘ri, uslubiy va lingvistik jihatdan aniq tarjima qilish jarayonida ishtirok etish.
- Platformaning barcha bo‘limlarini (video, test, matnli materiallar) lokalizatsiya qilishda yuqori fan va til standartlariga rioya etish.
- Lokalizatsiya qilingan kontentning ta’lim maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash va muvofiqlashtirish.
- Lokalizatsiya jarayonida yuzaga keladigan texnik va lingvistik muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Mahalliy o‘qituvchilar va metodistlar bilan hamkorlikda kontentni sinovdan o‘tkazish va fikr-mulohazalar to‘plash.
- Platforma kontentining barcha komponentlarini yagona uslubda tayyorlash va shakllantirish.
- Lokalizatsiya qilingan kontentdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarga yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
TeachersPro platformasini lokalizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis
- TeachersPro platformasidagi kontent va interfeysni mahalliy til, madaniyat va ta’lim talablariga mos holda tahlil qilish.
- Kontentni o‘zbek tiliga to‘g‘ri, uslubiy va lingvistik jihatdan aniq tarjima qilish jarayonida ishtirok etish.
- Platformaning barcha bo‘limlarini (video, test, matnli materiallar) lokalizatsiya qilishda yuqori fan va til standartlariga rioya etish.
- Lokalizatsiya qilingan kontentning ta’lim maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash va muvofiqlashtirish.
- Lokalizatsiya jarayonida yuzaga keladigan texnik va lingvistik muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Mahalliy o‘qituvchilar va metodistlar bilan hamkorlikda kontentni sinovdan o‘tkazish va fikr-mulohazalar to‘plash.
- Platforma kontentining barcha komponentlarini yagona uslubda tayyorlash va shakllantirish.
- Lokalizatsiya qilingan kontentdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarga yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash.
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Logistika bo‘yicha mutaxassis
- Hujjatlarni tayyorlash va ularni tartibga solish;
- Hujjatlarni tashkil qilish, ishlab chiqish, tahrirlash va ro‘yxatga olish;
- Hujjatlarni tuzish va ularni moslashtirish (qonunchilik, hisobotlar, ish topshiriqlari, xatlar va boshqalar)
- Funksional vazifalar bo‘yicha oylik va yakuniy hisobot tayyorlash.
Talabgorlar 2025 yil 9-iyunga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
✅Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
✅ma’lumotnoma (Obektivka) (CV);
✅diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67