A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali trenerlarni ishga taklif etadi!

567 27.06.2025 14:52

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining “Menejerlik o‘quv kurslari”da dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli maxsus o‘quvlar doirasida trening olib borishga malakali trenerlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi!

TAKLIF ETILAYOTGAN TRENERLAR:

Rahbar kadrlarga o‘quv-mashg‘ulotlarini olib borishda zamonaviy andragogik yondashuvlarni o‘rgatishi, tajribalari bilan o‘rtoqlashishi talab etiladi.

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy ma’lumot, ta’lim sohasida yuqori malaka hamda rahbarlik va trenerlik tajribalariga ega bo‘lish;
Ta’lim menejmenti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFA:
“Menejerlik o‘quv kurslari”da dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli maxsus o‘quvlar doirasida trening o‘tib berish.

Talabgorlar 2025-yil 7-iyulga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurlarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- maʼlumotnoma (Obektivka) (CV);
- diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech