A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali musahhihlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
Institut quyidagi qayta tayyorlov namunaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqqan:
– Taʼlim muassasasi logopedi huquqini (51 bet);
– Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi o‘qituvchisi va tarbiyachisi (oligofrenopedagogika) huquqini (53 bet);
– Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi o‘qituvchisi va tarbiyachisi (surdopedagogika) huquqini (52 bet);
– Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi o‘qituvchisi va tarbiyachisi (tiflopedagogika) huquqini (54 bet);
– Umumtaʼlim maktablari amaliyotchi psixologi huquqini (20 bet);
– Boshlang‘ich taʼlim fanini o‘qitish huquqini (26 bet);
– O‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitish huquqini (21 bet);
– Профессиональный курс переподготовки, дающий право преподавания русского языка (24 стр.);
– Профессиональный курс переподготовки, дающий право преподавания русского языка и литературы в иноязычных группах (24 стр.);
– Xorijiy (ingliz) tili fanini o‘qitish huquqini (14 bet);
– Matematika fanini o‘qitish huquqini (25 bet);
– Fizika va astronomiya fanini o‘qitish huquqini (12 bet);
– Informatika va AT fanini o‘qitish huquqini (14 bet);
– Biologiya fanini o‘qitish huquqini (18 bet);
– Tarix fanini o‘qitish huquqini (16 bet);
– Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitish huquqini (11 bet);
– Tarbiya fanini o‘qitish huquqini (14 bet);
– Geografiya fanini o‘qitish huquqini (12 bet);
– Musiqa fanini o‘qitish huquqini (14 bet);
– Tasviriy sanʼat va chizmachilik fanini o‘qitish huquqini (29 bet);
– Texnologiya fanini o‘qitish huquqini (31 bet);
– Tabiiy fanlarni o‘qitish huquqini (14 bet);
– Pedagogik faoliyat olib borish huquqini (21 bet);
– Kimyo fanini o‘qitish huquqini (40 bet);
– O‘zbek tili (o‘zga tilli guruhlarda) fanini o‘qitish huquqini beruvchi (20 bet).
Mazkur dasturlar matnlarining imlo xatolarini to'g'rilash, ularning joylashuvini muvofiqlashtirish va sahifalash ishlarini amalga oshirish uchun institut malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
- Musahhih.
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Sohasi bo‘yicha yuqori malaka va kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr diplomi);
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
- Matnlardagi grammatik va imloviy xatolarni aniqlash va tuzatish;
- Matnlarni joylashuvini muvofiqlashtirish va sahifalash.
HUJJATLAR TOPSHIRISH TARTIBI:
Talabgorlar 2025-yil 25-sentabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari so‘raladi:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;- Ma’lumotnoma (obyektivka);
- Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67