A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan malakali veb dizayner, frontend dasturchi hamda backend dasturchilar uchun tanlov eʼlon qilinadi!

39 23.09.2025 12:49

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan malakali veb dizayner, frontend dasturchi hamda backend dasturchilar uchun tanlov eʼlon qilinadi!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti krk.avloniy.uz platformasini ishlab chiqish uchun malakali veb dizayner, frontend dasturchi hamda backend dasturchilarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.

 

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

-  1 ta Veb dizayner
-  2 ta Frontend dasturchi
-  1 ta Backend dasturchi

BELGILANGAN VAZIFALAR

Veb dizayner uchun:

– Platformaning umumiy interfeys (UI/UX) dizaynini ishlab chiqish
– Foydalanuvchilar ro‘yxati, profil sahifasi, guruhlar, yangiliklar bo‘limi uchun sahifa maketlarini ishlab chiqish
– Google Maps / Yandex Map joylashuv belgilash interfeysi dizaynini ishlab chiqish
– Bildirishnomalar va so‘rovnoma oynalari dizaynini ishlab chiqish
– Reyting (5 yulduzcha) ko‘rinishi va test natijalari dizaynini ishlab chiqish
– Telegram Web App interfeysi uchun dizayn (mini versiya) ishlab chiqish

Frontend dasturchi uchun:

– Umumiy interfeysni ishlab chiqish (verstka)
– Foydalanuvchilarni qo‘shish, ro‘yxatini ko‘rish, saralash va filterlar orqali qidirish funksiyalarini ishlab chiqish
– Guruhlar yaratish va foydalanuvchilarni biriktirish interfeysini (verstka) ishlab chiqish
– Guruh ochishda Google Maps / Yandex Map integratsiyasi va radius tanlash funksiyalarini ishlab chiqish
– Tinglovchilar davomatlari va baholarini ko‘rish sahifalarini ishlab chiqish
– Har bir kun uchun mavzu biriktirish formasini ishlab chiqish
– Materiallarni (pdf, ppt, doc) yuklash va ko‘rish interfeysini ishlab chiqish
– Yangiliklar bo‘limini ishlab chiqish
– Har bir foydalanuvchi uchun bildirishnomalarni chiqarish (frontend qismi) va foydalanish interfeysini ishlab chiqish
– Telegram Web App orqali foydalanish interfeysini ishlab chiqish
– Guruhlar uchun o‘rtacha davomat va o‘zlashtirish statistikasi ko‘rinishini ishlab chiqish
– Reyting funksiyasi uchun UI ishlab chiqish
– So‘rovnoma uchun UI va natijalar ko‘rinishini ishlab chiqish
– Test ishlash va natijalarni ko‘rish interfeysini ishlab chiqish
– Xatolarni adminlarga yuborish formasini ishlab chiqish

Backend dasturchi uchun:

– Foydalanuvchilarni qo‘shish va rollar bo‘yicha ajratish logikasini ishlab chiqish
– Filterlar va qidiruv funksiyasini (server tarafida) ishlab chiqish
– Guruhlar ochish, foydalanuvchilarni ularga biriktirish, joylashuv va radiusni saqlash logikasini ishlab chiqish
– Tinglovchilar davomatlarini saqlash va ko‘rsatish logikasi hamda funksiyasini ishlab chiqish
– Tinglovchilar baholari bo‘yicha ma’lumotlarni saqlash va chiqarish funksiyasini ishlab chiqish
– Kunlik mavzularni biriktirish va saqlash funksiyasini ishlab chiqish
– Test va materiallarni yuklash, saqlash va xizmat qilish API funksiyasini ishlab chiqish
– Yangiliklar bo‘limi uchun backend qismida (CRUD) funksiyasini ishlab chiqish
– Bildirishnomalar uchun backend qismida funksiya ishlab chiqish
– Telegram bot integratsiyasi (live location yuborish + web app orqali platformaga kirish) funksiyasini ishlab chiqish
– Guruhlar uchun o‘rtacha davomat va o‘zlashtirishni hisoblash logikasini ishlab chiqish
– One ID platformasi bilan integratsiya qilish
– Onlinedu platformasidan foydalanuvchilar ro‘yxatini import qilish
– Darslarni reytinglash logikasi va statistikasini ishlab chiqish
– So‘rovnoma yaratish, natijalarni yig‘ish va ko‘rsatish uchun API ishlab chiqish
– Test yechish jarayonini boshqarish va natijalarni saqlash logikasi va funksiyasini ishlab chiqish
– Foydalanuvchilar xatolik yuborish funksiyasini adminlarga yetkazish funksiyasini ishlab chiqish

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Veb dizayner uchun:

– Figma dasturida mukammal ishlay olishi kerak
– Mutaxassis o‘z xizmatlarini yuqori saviyada professional darajada bajarish

Frontend dasturchi uchun:

– JavaScript freymvorklari Vue.js va Nuxt.js larda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi
– Mutaxassis o‘z xizmatlarini yuqori saviyada professional darajada bajarish 

Backend dasturchi uchun:

– PHP, Laravel, CodeIgniter dasturlash tillarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi
– Mutaxassis o‘z xizmatlarini yuqori saviyada professional darajada bajarish

NOMZODLARNING SHAXSIY SIFATLARI:

- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

 

HUJJATLAR TOPSHIRISH TARTIBI

Talabgorlar 2025-yil 25-sentabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari so‘raladi:

- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka);
- Diplom va pasport nusxalari.

 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
 Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech