Diqqat doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul boshlandi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 2026-yilning birinchi choragi uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul eʼlon qiladi:
-13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD, DSc);
-13.00.07-Taʼlimda menejment (PhD, DSc);
-08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit (PhD);
-08.00.13-Menejment ixtisosliklari (PhD)
Hujjatlar joriy yilning 5-noyabr sanasiga qadar Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining DARAJA.ILMIY.UZ elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
⏺Ariza;
⏺Biografik maʼlumotnoma (obyektivga - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek, rus tilida);
⏺Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
⏺OTMning diplom nusxasi;
⏺Chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
⏺Passport nusxasi;
⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
⏺Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” va “B2” daraja so‘raladi.
Murojaat uchun tel: +998 55 508 06-67 (1049)