A.Avloniy instituti tarjimon va muharrirlarni hamkorlikka taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti TIMSS 2027 xalqaro tadqiqoti doirasidagi materiallarni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilish hamda tahrirlash uchun malakali tarjimon va muharrirlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
Tarjima va tahrir qilinadigan materiallar:
- 4-sinf tabiiy fanlar baholash materiallari (10 277 so‘z)
- 8-sinf tabiiy fanlar baholash materiallari (12 436 so‘z)
- 4-sinf matematika baholash materiallari (5 730 so‘z)
- 8-sinf matematika baholash materiallari (7 999 so‘z)
- 4-sinf so‘rovnoma materiallari (10 896 so‘z)
- 8-sinf so‘rovnoma materiallari (11 636 so‘z)
- 4-sinf test administrator ssenariysi (2 343 so‘z)
- 8-sinf test administrator ssenariysi (1 975 so‘z)
Talab etiladigan mutaxassislar:
- Tarjimon
- Matn muharriri (tahrirlovchi)
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- soha bo‘yicha yuqori malaka va kamida 1 yillik ish tajribasi;
- oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr);
- AKTdan erkin foydalana olish.
Shaxsiy fazilatlar:
- mas’uliyat va muddatlarga rioya qilish;
- yangiliklarga ochiqlik, kreativ fikrlash.
Vazifalar:
Tarjimon uchun:
- materiallarni maxsus xalqaro platformada tarjima qilish;
- matn ravonligi va mosligini ta’minlash;
- terminologik izchillikni saqlash;
- yakuniy tahrirni amalga oshirish.
Matn muharriri uchun:
- materiallarni maxsus platformada tahrirlash;
- grammatik, imloviy va uslubiy xatolarni tuzatish;
- inglizcha manba bilan solishtirish;
- matnning aniqligi va tushunarliligini ta’minlash.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- tijorat taklifi;
- ma’lumotnoma (obyektivka);
- diplom va pasport nusxalari.
Hujjatlar 2026-yil 3-fevralga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Telefonlar: (55) 508-06-67 | (99) 828-10-07
