A.Avloniy instituti malakali dizaynerlarni hamkorlikka taklif etadi!

18 03.02.2026 18:54

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Fransuz tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (152 bet) nomli o‘quv qo‘llanmasini dizayn va sahifalash ishlari uchun malakali dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.

 Talab etiladigan mutaxassis:

Dizayner (dizayn va sahifalash)

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

oliy ma’lumot va kamida 1 yillik ish tajribasi;

ta’lim yoki fan yo‘nalishida bakalavr yoki magistr diplomi;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

 Shaxsiy fazilatlar:

muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;

kreativ fikrlash va yangiliklarga ochiqlik.

  Vazifalar:

o‘quv qo‘llanmaning dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish;

sahifalarning vizual dizaynini yaratish, rasmlar, infografika va jadvallarni tayyorlash;

matn va grafik materiallarni uyg‘un joylashtirish, sahifalash ishlarini bajarish;

matndagi imlo xatolarini to‘g‘rilash (musahhihlik);

kitob muqovasi dizaynini ishlab chiqish.

  Hujjatlar 2026-yil 5-fevralga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limida qabul qilinadi.

 Taqdim etiladigan hujjatlar:

tijorat taklifi;

ma’lumotnoma (obyektivka);

diplom va pasport nusxalari.

 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy

 Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech