DIQQAT! ILMIY MAQOLALAR QABULI DAVOM ETMOQDA
A.Avloniy nomidagi institutning OAK ro‘yxatiga kiritilgan, maqolalari xalqaro indeksatsiya bazalarida aks etadigan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-amaliy jurnali 2026-yil 3-soni uchun ilmiy maqolalar qabulini e’lon qiladi.
Ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
➖ Maktab ta‘limi va uzluksiz ta‘lim: milliy islohotlar, xalqaro tajribalar;
➖ Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: innovatsiyalar va ularni amaliyotga joriy etish;
➖ Xalqaro ilmiy tadqiqotlar: maktab ta‘limining dolzarb muammolari;
➖ Ta‘lim menejmenti va boshqaruvi: kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari;
➖ Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar: ta‘lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlar;
➖ Ta‘lim strategiyalari: istiqbolli yo‘nalishlar va amaliy tadqiqotlar.
❗️Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Tillar: o‘zbek (lotin), rus yoki ingliz.
Sarlavha: o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Muallif haqida ma‘lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, e-mail, telefon.
Annotatsiya: 100–250 so‘z, uchta tilda.
Kalit so‘zlar: 6–8 ta.
Tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa.
Format: Times New Roman, 14 shrift, 1,15 interval, 2 sm hoshiyalar.
Hajm: 8–16 bet.
Jadval va rasmlar: xalqaro standartlarga mos.
Adabiyotlar: kamida 8–10 ta ilmiy manba.
Plagiat: kamida 65% o‘ziga xoslik.
Muhim: O‘zlashtirilgan fikr va ma‘lumotlarga havola berilmasa, maqola rad etiladi.
???? Maqolalar 2026-yil 28-martga qadar qabul qilinadi.
Maqola topshirish: https://journal.avloniy.uz