A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali tarjimon va muharrirlarni ishga taklif etadi

19 19.03.2026 17:19

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti TIMSS 2027 tadqiqoti doirasida quyidagi materiallarni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilish hamda tahrirlash uchun tarjimon va muharrirlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.

Tarjima va tahrir qilinadigan materiallar:

• 4-sinf tabiiy fanlar bo‘yicha baholash yo‘riqnomalari va trening materiallari (7938 so‘z)
• 8-sinf tabiiy fanlar bo‘yicha baholash yo‘riqnomalari va trening materiallari (13986 so‘z)
• 4-sinf matematika fani bo‘yicha baholash yo‘riqnomalari va trening materiallari (5062 so‘z)
• 8-sinf matematika fani bo‘yicha baholash yo‘riqnomalari va trening materiallari (4143 so‘z)

Taklif etilayotgan mutaxassislar:

O‘zbek tiliga:

  • Tarjimon – 2 nafar

Rus tiliga:

  • Tarjimon – 2 nafar

Qoraqalpoq tiliga:

  • Tarjimon – 2 nafar

  • Matn muharriri (tahrirlash) – 4 nafar

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Sohasi bo‘yicha yuqori malaka va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

  • Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;

  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olishi.

Nomzodning shaxsiy sifatlari:

  • Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;

  • Yangiliklarga ochiqlik, kreativ fikrlash.

Vazifalar:

Tarjimon:
• Materiallarni moslashtirish va matnlarning ravonligini ta’minlash;
• Tarjima jarayonida izchillikni saqlash hamda terminologik bir xillikni ta’minlash;
• Tarjima qilingan materiallarni asl nusxa bilan solishtirib, mazmuniy mosligini tekshirish;
• Tarjima qilingan materiallarning yakuniy tahririni amalga oshirish.

Matn muharriri (tahrirlash):
• Matnlardagi grammatik, imloviy va uslubiy xatolarni aniqlash hamda tuzatish;
• Matnlarni ingliz tilidagi manba bilan solishtirish;
• Matnlarning mazmuniy mosligi va tushunarliligini ta’minlash;
• Tahrir jarayonida izchillikni saqlash va terminologik bir xillikni ta’minlash;
• Matnni yakuniy ko‘rinishga keltirish.

Hujjatlar topshirish tartibi:

Talabgorlar 2026-yil 24-martga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
• Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
• Ma’lumotnoma (obyektivka);
• Diplom va pasport nusxalari.

Manzil:

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy

Murojaat uchun telefonlar:

(55) 508-06-67
(99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech