A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali tarjimonlarni ishga taklif etadi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PIRLS tadqiqotining avvalgi davrlarida foydalanilgan, ochiq e’lon qilingan baholash materiallarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilish uchun tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
Tarjima qilinadigan materiallar:
• Baholash materiali 1-qism (1084 so‘z)
• Baholash materiali 2-qism (1332 so‘z)
• Baholash materiali 3-qism (1026 so‘z)
• Baholash materiali 4-qism (1253 so‘z)
Taklif etilayotgan mutaxassislar soni:
-
Tarjimonlar – 2 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
-
Sohasi bo‘yicha yuqori malaka va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
-
Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;
-
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olishi.
Nomzodning shaxsiy sifatlari:
-
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
-
Yangiliklarga ochiqlik va kreativ fikrlash.
Vazifalar:
• Materiallarni moslashtirish va matnlarning ravonligini ta’minlash;
• Tarjima jarayonida izchillikni saqlash hamda terminologik bir xillikni ta’minlash;
• Tarjima qilingan materiallarni asl nusxa bilan solishtirib, mazmuniy mosligini tekshirish;
• Tarjima qilingan materiallarning yakuniy tahririni amalga oshirish.
Hujjatlar topshirish tartibi:
Talabgorlar 2026-yil 24-martga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
• Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
• Ma’lumotnoma (obyektivka);
• Diplom va pasport nusxalari.
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefonlar:
(55) 508-06-67
(99) 828-10-07
