A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!
A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti quyidagi “Foresayt texnologiyasi asosida ta’lim muassasasi rahbarlari ma’naviy qiyofasining rivojlanishi” (104 bet) o‘quv qo‘llanmasini dizayn qilish va sahifalash ishlari uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
- Dizayner (sahifalash, dizayn)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy ma’lumotga ega, kamida 1 yillik ish tajribasi mavjud bo‘lishi;
- Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
• Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
• Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarni sayqallash, infografika va jadvallar dizaynini ishlab chiqish;
• Matn va grafika (foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash;
• Matnlarni imlo xatolarini to‘g‘rilash (musahhih xizmati);
• Kitob muqovasi dizaynini yaratish.
A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Talabgorlar 2026-yil 26-martga qadar A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- ma’lumotnoma (obyektivka);
- diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
