A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish: yuqori sifatli va inklyuziv ta’lim natijalariga erishish uchun AKT va raqamli ta’limdan foydalanish” loyihasi doirasida mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!  

9 28.03.2026 15:32

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

  • Loyiha menejeri;
  • Respublika koordinatori;
  • IT texnik mutaxassisi;
  • Buxgalter;
  • Hududiy koordinatorlar;
  • Logistika bo‘yicha mutaxassis (Logist)
  • Tarjimon (o‘zbek/rus tilida)
  • Tahrirchi (o‘zbek/rus tilida)

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

  • Oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida yuqori malaka hamda kadrlar, normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor, ta’limni rag‘batlantirishga oid yuqori ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yangi baholash tizimlarini tushunishi, moliya-buxgalteriya sohasi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olishi.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

  • Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat, intizom va javobgarlik;
  • Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFALAR:

  • Loyiha menejeri:
  • Loyiha maqsadi va talablarini aniqlash;
  • Loyiha rejasi va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
  • Loyihada ishlaydigan jamoa a’zolarini tanlash, ularga vazifalar va mas’uliyatlar berish. Jamoa a’zolarini samarali boshqarish va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
  • Loyihaga xos bo‘lgan potensial xatarlarni baholash va ularga qarshi choralarni ko‘rish. Loyihaning barcha bo‘limlarida xavf-xatarlarni minimallashtirish;
  • Loyiha to‘liq amalga oshirilganidan keyin natijalarni aniqlash va loyiha ishini rasman yakunlash. Loyiha xulosasini tayyorlash va kelajakda shunga o‘xshash loyihalar uchun tavsiyalar berish;
  • Ishlarni muvofiqlashtirish va ishchi guruh a’zolarining asosiy hisobotni ishlab chiqish;
  • Loyihaning tatbiq etilishi va uning natijalari haqida batafsil hisobot tayyorlash;
  • Dastlabki baholash hisoboti takomillashtirishda ishtirok etish.
  • Respublika koordinatori:
  • Seminar va treninglarni respublika darajasida boshqarish, institut va hududlarda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarni jadval asosida muvofiqlashtirish, ishtirokchilar qatnashuvini nazorat qilish;
  • Maktablarning raqamli tayyorgarlik darajasini tahlil qilish, tanlab olingan maktab bo‘yicha tayyorgarlik portretlarini umumlashtirish va hisobotlarni yig‘ish;
  • Inklyuziv ta’lim va AKT integratsiyasini targ‘ib qilish, o‘qituvchilar va rahbarlarga metodik ko‘mak berish, raqamli va inklyuziv ta’lim bo‘yicha rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
  • Xalqaro ekspertlar va UNICEF bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, seminar treninglarda ularning ishtirokini ta’minlash, tayyorlangan metodik materiallarni milliy sharoitga moslashtirish;
  • Raqamli o‘quv laboratoriyalarini joriy etishga ko‘maklashish – STEM uskunalari, EdTech va yordamchi texnologiyalarni sinflarga tatbiq etishda hududiy markazlarga amaliy yordam ko‘rsatish.
  • Monitoring va baholash tizimini yuritish, maktab va hududiy darajadagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va UNICEF hamda vazirlikka muntazam hisobot taqdim etish;
  • Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, hududlarda olingan natijalarni umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali targ‘ib qilish, maktablararo tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish;
  • Maktablar uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha yo‘riqnoma va qoidalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish;
  • UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish.

 

  • IT texnik mutaxassisi:
  • Maktablarda internet va raqamli uskunalarni tahlil qilish;
  • Mavjud muammolar bo‘yicha infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar berish;
  • Texnik xizmat va xavfsizlik masalalarida ma’lumotlar berish;
  • AKT infratuzilmasi joriy qilish bo‘yicha mavjud standartlar, qonunchilikda belgilangan talablar bo‘yicha ma’lumotlar paketini tayyorlash;
  • Maktablarda raqamli infratuzilma joriy qilish jarayonini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
  • Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
  • Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.

 

  • Buxgalter:
  • Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlariga monand hisob siyosatini shakllantirish;
  • Hisobotlarni va buxgalteriya hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash;
  • To‘lov hisob-kitoblari, to‘lovlar va soliqlarning turli darajadagi budjetlarga o‘tkazmalari va hisob-kitoblarini hamda bank muassasalariga to‘lovlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Moliya masalalari bo‘yicha normativ, Qonunchilik va huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Buxgalteriya hujjatlarini ro‘yxatga olishning to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligini nazorat qilish;
  • Loyiha ishtirokchilariga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘rish.
  • Hududiy koordinatorlar:
  • Raqamli va inklyuziv ta’lim resurslarini tahlil qilish – mavjud resurslarning o‘quv dasturlari va inklyuziv ta’lim tamoyillariga mos kelishini o‘rganish;
  • Yangi o‘quv materiallarini ishlab chiqishda ishtirok etish – raqamli ta’lim resurslari, qo‘shimcha ko‘rgazmali vositalar va inklyuziv ta’limga mos materiallarni yaratishda metodik ko‘mak berish;
  • Interfaol platformalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash – zamonaviy o‘quv platformalari, mobil ilovalar va maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun qulay raqamli vositalarni tanlab, ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Darslik va o‘quv materiallarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash – elektron darsliklar, audio-kitoblar, subtitrli videodarslar va imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun moslashtirilgan resurslarni tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish;
  • Hamkorlikda yig‘ilishlarda ishtirok etish – UNICEF va Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etiladigan uchrashuv va yig‘ilishlarda faol qatnashish, hududiy muammolar va tajribalarni taqdim etish;
  • Dastlabki baholash hisobotlarini ko‘rib chiqish – pilot maktablarda inklyuziv va raqamli ta’lim joriy etilishi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish, takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • STEM va raqamli laboratoriyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish – yangi raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Pilot maktablarda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash – nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va turli ehtiyojli o‘quvchilar uchun raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.

 

  • Hududiy IT texnik mutaxassisi

Maktablarda internet va raqamli uskunalarni tahlil qilish;

  • Mavjud muammolar bo‘yicha infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar berish;
  • Texnik xizmat va xavfsizlik masalalarida ma’lumotlar berish;
  • AKT infratuzilmasi joriy qilish bo‘yicha mavjud standartlar, qonunchilikda belgilangan talablar bo‘yicha ma’lumotlar paketini tayyorlash;
  • Maktablarda raqamli infratuzilma joriy qilish jarayonini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
  • Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
  • Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish

 

  • Logistika bo‘yicha mutaxassis (Logist):
  • Hujjatlarni tayyorlash va ularni tartibga solish;
  • Loyiha ishtirokchilari bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalarni rasmiylashtirish;
  • Uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
  • Uchrashuvlar va ish jarayonlarini samarali tarzda muvofiqlashtirish;
  • Hujjatlarni tashkil qilish, ishlab chiqish, tahrirlash va ro‘yxatga olish;
  • Hujjatlarni tuzish va ularni moslashtirish (qonunchilik, hisobotlar, ish topshiriqlari, xatlar va boshqalar);
  • Ma’lumotlarni kiritish va tasdiqlash, hisobotlarni tayyorlash.
  • Tarjimon (o‘zbek/rus tilida)
  • Tarjima materiallarini tahlil qilish, o‘quv materiallari va metodik qo‘llanmalarni o‘zbek va rus tillarida mazmunan to‘g‘ri, aniq va tushunarli tarjima qilish;
  • Yangi materiallarni tarjima qilishda ishtirok etish, raqamli ta’lim resurslari, o‘quv dasturlari, qo‘shimcha materiallar hamda inklyuziv ta’limga oid hujjatlarni sifatli tarjima qilish;
  • Terminologik birxillikni ta’minlash, pedagogik, metodik va texnik terminlarning o‘zbek va rus tillarida yagona va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash;
  • Raqamli kontent tarjimasini qo‘llab-quvvatlash, elektron darsliklar, audio va video materiallar (subtitrlar, transkripsiyalar) hamda interfaol platformalardagi kontentni tarjima qilish va moslashtirish;
  • Yig‘ilish va uchrashuvlarda ketma-ket yoki sinxron tarjimani amalga oshirish;
  • Hujjatlarni tahrirlash va tekshirish, tarjima qilingan matnlarni stilistik, grammatik va mazmuniy jihatdan tekshirish, sifatini oshirish bo‘yicha takliflar berish;
  • Inklyuziv til me’yorlariga rioya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va turli ehtiyojli guruhlarga nisbatan to‘g‘ri, aniq va inklyuziv ifodalarni qo‘llash;
  • Loyiha hujjatlarini ikki tilli yuritishga ko‘maklashish, hisobotlar, tahliliy materiallar va boshqa rasmiy hujjatlarning o‘zbek va rus tillarida tayyorlash.

 

  • Tahrirchi (o‘zbek/rus tilida)
  • Matn va materiallarni tahlil qilish, o‘quv materiallari, metodik qo‘llanmalar va rasmiy hujjatlarning mazmunan aniqligi, mantiqiy izchilligi va til me’yorlariga mosligini tekshirish;
  • Tahrir jarayonida ishtirok etish, raqamli ta’lim resurslari, o‘quv dasturlari va inklyuziv ta’limga oid materiallarni stilistik, grammatik va mazmuniy jihatdan tahrirlash;
  • Til me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, o‘zbek va rus tillarining adabiy normalari, imlo qoidalari va uslubiy talablarga muvofiqligini nazorat qilish;
  • Terminologik uyg‘unlikni nazorat qilish, pedagogik, metodik va texnik atamalarning yagona va to‘g‘ri qo‘llanilishini ko‘rib chiqish, zarur hollarda tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Raqamli kontentni tahrirlashni qo‘llab-quvvatlash, elektron darsliklar, audio va video materiallar (subtitrlar, skriptlar) hamda interfaol platformalardagi matnlarni sifat jihatdan yaxshilash;
  • Hujjatlarni yakuniy ko‘rib chiqish, tarjima qilingan va mualliflik materiallarini yakuniy tahrirdan o‘tkazish, nashrga tayyor holatga keltirish;
  • Inklyuziv til tamoyillariga amal qilish, turli ehtiyojli guruhlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlarga nisbatan aniq va to‘g‘ri ifodalarni qo‘llash;
  • Hamkorlikda ishlash, tarjimonlar, metodistlar va loyiha ishtirokchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlash, materiallar sifatini oshirish bo‘yicha takliflar berish;
  • Pilot materiallarni tahrirlash, sinov (pilot) maktablar uchun tayyorlanayotgan o‘quv materiallarini tahrir qilish.

Talabgorlar 2026-yil 30-martga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:

  • Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
  • Ma’lumotnoma (Obektivka) (CV);
  • Diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech