A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!

13 09.04.2026 12:13

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish” (200 bet) monografiyasini dizayn va sahifalash ishlari uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSIS:
Dizayner (sahifalash, dizayn)

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy ma’lumot, kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lish;

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

 

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;

Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFALAR:

• Monografiyaning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
• Monografiya sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarni sayqalash, infografika va jadvallar dizaynini ishlab chiqish;
• Matn va grafika (foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy dizayn dasturlari asosida sahifalash;
• Matnlarni imlo xatolaridan tozalash (musahhih xizmati);
• Monografiya muqovasi dizaynini yaratish.

Talabgorlar 2026-yil 11-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

• Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
• Ma’lumotnoma (obyektivka);
• Diplom va pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.

Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech