A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali ekspertlarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti ommalashtirish.avloniy.uz platformasiga joylashtirilgan metodik ishlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida mazmuniy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha mazmuniy ekspertlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
FAN YO‘NALISHLARI:
- boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi;
- filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, qardosh tillar) yo‘nalishi;
- rus va xorijiy tillar fanlari yo‘nalishi;
- ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) yo‘nalishi;
- aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi;
- tabiiy va iqtisodiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiyot va tabiiy fanlar) yo‘nalishi;
- amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at, texnologiya) yo‘nalishi;
- jismoniy tarbiya (jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) yo‘nalishi
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
- Ekspert
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅ Oliy ma’lumot, kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
ommalashtirish.avloniy.uz platformasiga joylashtirilgan metodik ishlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida mazmuniy ekspertizadan o‘tkazish;
talabgorlarning metodik ishini belgilangan mezonlari asosida baholash;
baholash natijalarini belgilangan muddatlarda platformaga kiritish
Xizmatlar uchun to‘lov:
Har bir baholangan metodik ish uchun 7000 so‘mdan haq to‘lanadi
⚡️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Talabgorlar 2026-yil 21-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
