A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
Instituti quyidagi:
“Texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (144 bet);
“Tabiiy va iqtisodiy fanlar o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (144 bet);
“Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (96 bet);
“Ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (104 bet);
“Fransuz tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (112 bet);
“Методика профессионального развития учителей русского языка” (112 bet); o‘quv qo‘llanmalarni dizayn, sahifalash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dizayner (Sahifalash, dizayn)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Oliy ma’lumot, kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
• Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish
• Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarni sayqalash, infografika va jadvallar dizayni yaratish
• Matn va grafika(foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish va zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash
• Matnlarni imlo xatolarini to‘g‘irlash (musahhih xizmati)
• Kitob muqovasi dizaynini yaratish
Talabgorlar 2026-yil 30-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
