A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!
Institut quyidagi o‘quv qo‘llanmalarni dizayn qilish va sahifalash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi:
-
“Aniq fanlar o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (224 bet);
-
“Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (224 bet);
-
“Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat huquq asoslari va tarbiya) o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (112 bet);
-
“Nemis tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (112 bet);
-
“Ingliz tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” (144 bet).
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dizayner (sahifalash, dizayn)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
-
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi va kamida 1 yillik ish tajribasi bo‘lishi;
-
Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli (bakalavr yoki magistr) mutaxassis bo‘lishi;
-
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olishi.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
-
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
-
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
-
Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
-
Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarni sayqalash, infografika va jadvallar dizaynini ishlab chiqish;
-
Matn va grafik materiallar (foto, jadval, infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy dizayn dasturlari yordamida sahifalash;
-
Matnlardagi imlo xatolarini to‘g‘irlash (musahhih xizmati);
-
Kitob muqovasi dizaynini yaratish.
Talabgorlar 2026-yil 30-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
-
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
-
Ma’lumotnoma (obyektivka);
-
Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
