A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan malakali dasturchilar uchun tanlov e’lon qilinadi!
Institut malakali dasturchilarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSIS:
Dasturchi
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
-
Oliy ma’lumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
-
Sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lishi;
-
Loyihalarda qatnashgan bo‘lishi;
-
Figma dasturida mukammal ishlay olishi;
-
JavaScript freymvorklari — Vue.js va Next.js’da kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
-
Go (Golang) dasturlash tilida kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
-
O‘z xizmatlarini yuqori saviyada, professional darajada bajarishi.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
-
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
-
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
Vazifalar test.avloniy.uz, journal.avloniy.uz, krk.avloniy.uz, steam.avloniy.uz va avloniy.uz platformalari bilan bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida buyurtmachi tomonidan belgilab boriladi:
-
krk.avloniy.uz platformasini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
-
test.avloniy.uz platformasini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
-
avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
-
journal.avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
-
steam.avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish.
Talabgorlar 2026-yil 30-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
-
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
-
Ma’lumotnoma (obyektivka);
-
Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
