A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali muharrirlarni ishga taklif etadi!

17 04.05.2026 16:08

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PIRLS 2026 tadqiqotining quyidagi materiallarini rus va qoraqalpoq tillarida tahrir qilish uchun muharrirlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi:

• PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash yo‘riqnomasi (148 758 belgi)

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

Rus tiliga
• Matn muharriri (tahrirlash) — 1 ta

Qoraqalpoq tiliga
• Matn muharriri (tahrirlash) — 1 ta

NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:

✅ Sohasi bo‘yicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
✅ Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
✅ PIRLS 2026 tadqiqoti materiallariga qo‘llaniladigan konfidensiallik qoidalariga rioya qilish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

 VAZIFA:

Matn muharriri (tahrirlash)

• Matnlardagi grammatik, imloviy va uslubiy xatolarni aniqlash hamda tuzatish;
• Matnlarni ingliz tilidagi manbasi bilan solishtirish;
• Matnlarning o‘z mazmuniga mosligi va tushunarliligini ta’minlash;
• Tahrir jarayonida izchillikni saqlash va terminologik bir xillikni ta’minlash;
• Matnni yakuniy ko‘rinishga keltirish.

Talabgorlar 2026-yil 7-mayga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

• Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
• Ma’lumotnoma (obyektivka);
• Diplom va pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
                (99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech