A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali tarjimonlarni ishga taklif etadi!

20 04.05.2026 16:10

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PIRLS 2026 tadqiqotining quyidagi materiallarini rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilish uchun tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi:

• PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash bo‘yicha trening materiallari (109 851 belgi)

 TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

Rus tiliga
• Tarjimon — 1 ta

Qoraqalpoq tiliga
• Tarjimon — 1 ta

NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:

✅ Sohasi bo‘yicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
✅ Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
✅ PIRLS 2026 tadqiqoti materiallariga qo‘llaniladigan konfidensiallik qoidalariga rioya qilish.

 

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

  VAZIFA:
- Tarjimon

• Materiallarni moslashtirish va matnlarning ravonligini ta’minlash;
• Tarjima jarayonida izchillikni saqlash va terminologik bir xillikni ta’minlash;
• Tarjima qilingan materiallarni asl nusxa bilan solishtirib, mazmuniy mosligini tekshirish;
• Tarjima qilingan materiallarning yakuniy tahririni amalga oshirish.

 

Talabgorlar 2026-yil 7-mayga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

• Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
• Ma’lumotnoma (obyektivka);
• Diplom va pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
                (99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech