A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali tarjimonlarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan 2026-yil 14-may kuni oʻtkaziladigan Taʼlimda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davomida sinxron tarjimani amalga oshirishuchun malakali tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
Taklif etilayotgan mutaxassis:
• Tarjimon (sinxron tarjima yoʻnalishi boʻyicha) 2 nafar
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- Sohasi boʻyicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
- Oliy maʼlumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega boʻlishi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
Nomzodning shaxsiy sifatlari:
- muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
- yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
• Konferensiya davomida sinxron tarjimani (oʻzbek, ingliz, rus tillariga) amalga oshirish.
Talabgorlar 2026-yil 12-mayga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
maʼlumotnoma (Obyektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
(99) 828-10-07
