"O‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish" jarayonining 1-bosqich texnik ekspertiza va 2-bosqich mazmuniy ekspertiza natijalarini E'LON QILAMIZ!

13 15.05.2026 19:13

Joriy yilning 10-aprelidan 15-mayiga qadar kelib tushgan metodik ishlarni saralashning birinchi — texnik, ikkinchi — mazmuniy ekspertiza bosqichi yakunlandi.

Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 49 128 ta metodik ishdan 42 302 tasi mazmuniy ekspertizaga yuborilgan bo‘lib, 6 826 tasi texnik ekspertlar tomonidan rad etilgan.

Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra, 42 302 ta metodik ishdan 1 103 tasi rad etilgan;
maktab miqyosida 12 240 ta, tuman miqyosida 21 739 ta, viloyat (shahar) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida 6 780 ta metodik ish ommalashtirishga tavsiya etilgan bo‘lib, respublika bosqichiga tavsiya etilgan metodik ishlar soni 440 tani tashkil etmoqda.

Mazmuniy ekspertiza bosqichida 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha O‘quv-metodik kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilib, metodistlar, professor-o‘qituvchilar, ixtisoslashtirilgan maktab mutaxassislari hamda umumta'lim muassasalarining tajribali pedagoglaridan iborat ekspertlar tarkibi metodik ishlarni ko‘rib chiqdi va baholadi.

Ishtirokchilar texnik va mazmuniy ekspertiza bosqichi natijalarini ommalashtirish.avloniy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.

Texnik va mazmuniy ekspertiza bosqichidan o‘ta olmagan ishtirokchilarga metodik ishlarini takomillashtirib, kelgusida yana o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlarini tavsiya etamiz.

Batafsil ma'lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilib boriladi.
Batafsil: ommalashtirish.avloniy.uz

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech