DIQQAT! ILMIY MAQOLALAR QABULI DAVOM ETMOQDA!
A.Avloniy nomidagi institutining OAK ro‘yxatiga kiritilgan, maqolalari xalqaro indeksatsiya bazalarida aks etadigan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-amaliy jurnali 2026-yil 5-soni uchun ilmiy maqolalar qabulini e’lon qiladi.
Maqolalarga Crossref (https://doi.crossref.org), Zenodo (https://zenodo.org) orqali DOI olinishi yo'lga qo'yilib, xalqaro ilm va tadqiqot natijalarini barqaror, ochiq saqlash, bo‘lish va sitalash uchun yirik onlayn repozitoriy (ma’lumotlar ombori)da indeksatsiyalanadi.
Ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
➖ Maktab ta‘limi va uzluksiz ta‘lim: milliy islohotlar, xalqaro tajribalar;
➖ Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: innovatsiyalar va ularni amaliyotga joriy etish;
➖ Xalqaro ilmiy tadqiqotlar: maktab ta‘limining dolzarb muammolari;
➖ Ta‘lim menejmenti va boshqaruvi: kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari;
➖ Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar: ta‘lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlar;
➖ Ta‘lim strategiyalari: istiqbolli yo‘nalishlar va amaliy tadqiqotlar.
❗️Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Tillar: o‘zbek (lotin), rus yoki ingliz.
Sarlavha: o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Muallif haqida ma‘lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, e-mail, telefon.
Annotatsiya: 100–250 so‘z, uchta tilda.
Kalit so‘zlar: 6–8 ta.
Tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa.
Format: Times New Roman, 14 shrift, 1,15 interval, 2 sm hoshiyalar.
Hajm: 8–16 bet.
Jadval va rasmlar: xalqaro standartlarga mos.
Adabiyotlar: kamida 8–10 ta ilmiy manba.
Plagiat: kamida 65% o‘ziga xoslik.
Muhim: O‘zlashtirilgan fikr va ma‘lumotlarga havola berilmasa, maqola rad etiladi.
⚠️Muhim:
✅O‘zlashtirilgan fikr va ma’lumotlarga havola berilmasa, maqola rad etiladi.
✅Har bir muallif ORCID (Open Researcher and Contributor ID) ga ega bo‘lishi shart.
Maqolalar 2026-yil 29-mayga qadar qabul qilinadi.
Maqola topshirish: https://journal.avloniy.uz