A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarini ishga taklif etadi!

13 21.05.2026 13:56

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida oʻquvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash uchun boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarini shartnoma asosida ishga taklif etadi.
 
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Oʻzbek tilida:
-      boshlang‘ich ta’lim mutaxassisi 12 nafar
Rus tilida:
-      boshlang‘ich ta’lim mutaxassisi 6 nafar
Qoraqalpoq tilida:
-      boshlang‘ich ta’lim mutaxassisi 4 nafar
 
NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
- Taʼlim sohasi boʻyicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
- Oliy maʼlumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega boʻlishi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish,
- PIRLS 2026 tadqiqoti materiallari, jumladan, test materiallari va oʻquvchilarning javoblariga nisbatan qoʻllaniladigan konfidensiallik (maxfiylik) qoidalariga qatʼiy rioya qilishi.
 
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash;
- Jamoa bilan konstruktiv ishlay olish.
 
 
VAZIFA:
·        Oʻquvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash boʻyicha oʻtkaziladigan treninglarda uzluksiz ishtirok etish;
·        Oʻquvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash yoʻriqnomalari va trening materiallarini chuqur oʻzlashtirish;
·        Xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etilgan maxsus dastur (CodingExpert)dan foydalanishni oʻrganish va dastur orqali baholash;
·        Oʻquvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash yoʻriqnomalari asosida qatʼiy va izchil baholash;
·        Baholash yoʻriqnomalariga shaxsiy fikrdan qatʼi nazar soʻzsiz amal qilish;
·        Baholash jarayonlarida CodingExpert dasturining texnik talablariga rioya qilish;
·        Baholash jarayonlarida shubhali yoki noaniq javoblarni bosh baholovchi bilan maslahatlashish;
·        Baholash bosqichi yakuniga qadar muddatlarga rioya qilgan holda uzluksiz ishtirok etish;
·        Baholash jarayonida konfidensiallik (maxfiylik) qoidalariga qatʼiy rioya qilish, jumladan, test materiallari va oʻquvchilarning javoblarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik;
·        Bosh baholovchi tomonidan aniqlangan xatolar yuzasidan qoʻshimcha tushuntirishlarni qabul qilish va kerak boʻlganda javoblarni qayta baholash.
Talabgorlar 2026-yil 25-mayga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
maʼlumotnoma (Obyektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
                                (99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech