A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi!

13 01.06.2026 18:24

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti TIMSS 2027 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlarida o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash uchun matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida) malakali fan mutaxassislarini shartnoma asosida ishga taklif etadi.

 TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

O‘zbek tilida:
— matematika fani bo‘yicha mutaxassis – 6 nafar;
— tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassis – 10 nafar.

Rus tilida:
— matematika fani bo‘yicha mutaxassis – 4 nafar;
— tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassis – 6 nafar.

Qoraqalpoq tilida:
— matematika fani bo‘yicha mutaxassis – 4 nafar;
— tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassis – 4 nafar.

  NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- Ta’lim sohasi bo‘yicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega bo‘lish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
- TIMSS 2027 tadqiqoti materiallari, jumladan test materiallari va o‘quvchilarning javoblariga nisbatan qo‘llaniladigan konfidensiallik (maxfiylik) qoidalariga qat’iy rioya qilish.

 NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash;
- Jamoa bilan konstruktiv ishlay olish.

 VAZIFA:

• O‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan treninglarda uzluksiz ishtirok etish;
• Baholash yo‘riqnomalari va trening materiallarini chuqur o‘zlashtirish;
• Xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etilgan CodingExpert dasturidan foydalanishni o‘rganish va dastur orqali baholash;
• O‘quvchilarning javoblarini belgilangan yo‘riqnomalar asosida qat’iy va izchil baholash;
• Baholash mezonlariga shaxsiy fikrdan qat’i nazar so‘zsiz amal qilish;
• CodingExpert dasturining texnik talablariga rioya qilish;
• Shubhali yoki noaniq javoblar yuzasidan bosh baholovchi bilan maslahatlashish;
• Baholash bosqichi yakuniga qadar muddatlarga rioya qilgan holda uzluksiz ishtirok etish;
• Baholash jarayonida konfidensiallik (maxfiylik) qoidalariga qat’iy rioya qilish, jumladan test materiallari va o‘quvchilarning javoblarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik;
• Bosh baholovchi tomonidan aniqlangan xatolar yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlarni qabul qilish hamda zarur hollarda javoblarni qayta baholash.

 Talabgorlar 2026-yil 4-iyunga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

— belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
— ma’lumotnoma (obyektivka);
— diplom va pasport nusxalari.

 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
 Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
(99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech