DIQQAT! ILMIY-NAZARIY VA O‘QUV-USLUBIY JURNALDA CHOP ETISH UCHUN MAQOLA YUBORING!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan nashr etiladigan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi.
Jurnalda quyidagi afzalliklar mavjud:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tomonidan 373.3/.5 UO‘K bilan indekslangan;
- ISSN: 3060-4788 raqamiga ega;
- Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan;
- Crossref va Zenodo platformalari orqali DOI olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan;
- xalqaro ilmiy ma’lumotlar omborlarida indeksatsiyalanadi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ–4963-son qarori asosida ta’sis etilgan bo'lib, Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan hamda 2024-yil 11-sentabrdagi № 392864-sonli guvohnomaga ega.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar jurnal saytida belgilangan.
Ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalda maqola chop ettirish istagida bo‘lgan mualliflar maqolalarini 2025-yil 30-iyunga qadar journal.avloniy.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.
