BIR YILLIK MAGISTRATURA UCHUN QABUL BOSHLANDI!
22
30.06.2026
12:06
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Menejment” (Ta’lim menejmenti) va “Kattalar ta’limi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qabul boshlandi.
O‘qish muddati bir yil (to‘lov-shartnoma asosida).
Hujjatlar my.edu.uz sayti orqali onlayn tarzda 2026-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
Hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma my.edu.uz saytida ko‘rsatilgan.
Diqqat!
Xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘yicha Menejment (Ta’lim menejmenti) mutaxassisligi uchun B2, Kattalar ta’limi mutaxassisligi uchun B1 xorijiy til bilish sertifikati talab etiladi.
Murojaat uchun tel: +998 55 508 06 67 (ichki raqam 1049)