A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dasturchilar uchun tanlov e'lon qiladi!

19 15.07.2026 20:05

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dasturchilarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.

 Taklif etilayotgan mutaxassis:

 Dasturchi

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

• Oliy ma’lumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

• Sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lish;

• Loyihalarda ishtirok etgan bo‘lish;

Figma dasturida mukammal ishlay olish;

Vue.js va Next.js frameworklarida ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lish;

Go (Golang) dasturlash tilida ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lish;

• O‘z xizmat vazifalarini yuqori saviyada va professional darajada bajarish.

Nomzodning shaxsiy fazilatlari:

• Mas’uliyatli bo‘lish va belgilangan muddatlarga rioya qilish;

• Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik hamda kreativ fikrlash.

 Asosiy vazifalar

Vazifalar test.avloniy.uz, journal.avloniy.uz, krk.avloniy.uz, steam.avloniy.uz va avloniy.uz platformalari bilan bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida buyurtmachi tomonidan belgilab boriladi.

 krk.avloniy.uz platformasini yanada rivojlantirish maqsadida frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish;

 test.avloniy.uz platformasini yanada rivojlantirish maqsadida frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish;

 avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish maqsadida frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish;

 journal.avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish maqsadida frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish;

 steam.avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish maqsadida frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish.

 Talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;

Ma’lumotnoma (obyektivka);

Diplom nusxasi;

Pasport nusxasi.

 Hujjatlar 2026-yil 17-iyulga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.

 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.

 Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech