A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti quyidagi nashrlarni dizayn va sahifalash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi:
- “Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS va PIRLS) natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish” — o‘quv qo‘llanma, 192 bet;
- “Ta’lim tizimida strategik boshqaruv va rejalashtirish” — darslik, 304 bet.
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSIS
- Dizayner — 2 ta (sahifalash, dizayn)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lish, kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI
- Belgilangan muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
- Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
- Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarni sayqallash, infografika va jadvallar dizaynini yaratish;
- Matn va grafika (foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash;
- Matnlardagi imlo xatolarini to‘g‘irlash (musahhih xizmati);
- Kitob muqovasi dizaynini yaratish.
Hujjatlarni taqdim etish:
Talabgorlar 2026-yil 11-avgustga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka);
- Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
