A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mutaxassislarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Ishonch 2030 – O‘zbekistonda ta’limni rag‘batlantirish: AKT va raqamli ta’limdan foydalanish orqali sifatli va inklyuziv ta’lim natijalarini ta’minlash” loyihasi doirasida mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
- Loyiha menejeri;
- Respublika koordinatori;
- IT texnik mutaxassisi;
- Buxgalter;
- Logistika bo‘yicha mutaxassis (logist).
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅ Oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida yuqori malakaga ega, kadrlar va normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor, ta’limni rag‘batlantirishga oid yuqori ko‘nikmalarga ega bo‘lish, yangi baholash tizimlarini tushunish, moliya-buxgalteriya sohasi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat, intizom va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
Loyiha menejeri:
- Loyiha maqsadi va talablarini aniqlash;
-Loyiha rejasi va strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
- Loyihada ishlaydigan jamoa a’zolarini tanlash, ularga vazifalar va mas’uliyatlarni belgilash, jamoa a’zolarini samarali boshqarish va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
-Loyihaga xos bo‘lgan potensial xatarlarni aniqlash va baholash hamda ularga qarshi choralarni ko‘rish. Loyihaning barcha bo‘limlarida xavf-xatarlarni minimallashtirish;
- Loyiha to‘liq amalga oshirilganidan keyin natijalarni aniqlash va loyiha ishini rasman yakunlash. Loyiha xulosasini tayyorlash va kelajakda shunga o‘xshash loyihalar uchun tavsiyalar berish;
- Ishlarni muvofiqlashtirish va ishchi guruh a’zolarining asosiy hisobotini ishlab chiqish;
- Loyihaning tatbiq etilishi va uning natijalari haqida batafsil hisobot tayyorlash;
- Dastlabki baholash hisobotini takomillashtirishda ishtirok etish.
Respublika koordinatori:
- Seminar va treninglarni boshqarish, institutda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarni jadval asosida muvofiqlashtirish, ishtirokchilar qatnashuvini nazorat qilish;
- Inklyuziv ta’lim va AKT integratsiyasini targ‘ib qilish, o‘qituvchilarga metodik ko‘mak berish, raqamli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
- Xalqaro ekspertlar va UNICEF bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, seminar-treninglarda ularning ishtirokini ta’minlash, tayyorlangan metodik materiallarni milliy sharoitga moslashtirish;
- UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish.
IT texnik mutaxassisi:
-Texnik xizmat va xavfsizlik masalalarida ma’lumotlar berish;
- Respublika hududlaridan seminar-treninglarda ishtirok etish uchun keladigan maktab o‘qituvchilariga STEM to‘garaklarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda foydalaniladigan texnik qurilmalar, raqamli vositalar va dasturiy ta’minotlardan foydalanish bo‘yicha amaliy-texnik ko‘mak ko‘rsatish;
- Xalqaro loyiha doirasida institutda o‘tkaziladigan seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlarning texnik ta’minotini tashkil etish, STEM laboratoriyalari hamda jihozlarning sozligi va uzluksiz ishlashini nazorat qilish;
- AKT infratuzilmasini joriy qilish bo‘yicha mavjud standartlar va qonunchilikda belgilangan talablar asosida ma’lumotlar paketini tayyorlash;
- UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
- Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
- Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalarini tayyorlashda ishtirok etish.
Buxgalter:
- Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlariga monand hisob siyosatini shakllantirish;
- Hisobotlar va buxgalteriya hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash;
- To‘lov hisob-kitoblari, to‘lovlar va soliqlarning turli darajadagi budjetlarga o‘tkazmalari va hisob-kitoblarini hamda bank muassasalariga to‘lovlarni tayyorlashni ta’minlash;
- Moliya masalalari bo‘yicha normativ, qonunchilik va huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Buxgalteriya hujjatlarini ro‘yxatga olishning to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligini nazorat qilish;
- Loyiha ishtirokchilariga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘rish.
Logistika bo‘yicha mutaxassis (logist):
- Hujjatlarni tayyorlash va ularni tartibga solish;
- Loyiha ishtirokchilari bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalarni rasmiylashtirish;
- Uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
- Uchrashuvlar va ish jarayonlarini samarali tarzda muvofiqlashtirish;
- Hujjatlarni tashkil qilish, ishlab chiqish, tahrirlash va ro‘yxatga olish;
- Hujjatlarni tuzish va ularni moslashtirish (qonunchilik, hisobotlar, ish topshiriqlari, xatlar va boshqalar);
- Ma’lumotlarni kiritish va tasdiqlash, hisobotlarni tayyorlash.
Hujjatlarni taqdim etish
Talabgorlar 2026-yil 13-avgustga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka) (CV);
- Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
