FRANSIYADA XALQARO MALAKA OSHIRISH DASTURIDA ISHTIROK ETING!

381 20.08.2026 10:32

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Fransiyaning Francophonia til markazi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, rahbar xodimlar, trenerlar va mutaxassislar uchun Fransiyaning Nitsa shahrida xalqaro malaka oshirish dasturlari tashkil etilmoqda.


Dastur doirasida mashg‘ulotlarda:
— zamonaviy pedagogik metodologiyalar;
— o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari;
— uzluksiz kasbiy rivojlanish — CPD tizimi;
— boshqaruv, metodik va kommunikativ kompetensiyalar;
“Master Trainer” va “Formateurs de formateurs” modellari;
— sun’iy intellekt va raqamli vositalardan ta’limda foydalanish;
— xorijiy tajribalarni mahalliy ta’lim amaliyotiga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.


Dastur malaka oshirish mashg‘ulotlari bilan bir qatorda Fransiyaning Nitsa shahri, uning tarixi, madaniyati va ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ham qamrab oladi.

Iishtirokchilarga:
— zarur hujjatlarni tayyorlash;
— Francophonia markazidan rasmiy taklif xatini olish;
— viza hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha maslahat berish;
— viza suhbatiga tayyorlash;
— o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni tashkil etish;
— safar va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq tashkiliy masalalarda ko‘maklashish;
— xalqaro dasturda O‘zbekistondan shakllantirilgan guruh tarkibida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

Ishtirokchilar Fransiyaga qisqa muddatli ta’lim safari uchun Shengen vizasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari bo‘sh vaqtlarida Shengen hududidagi Yevropa mamlakatlariga sayohat qilishlari mumkin.

Dastur yakunida ishtirokchilarga Francophonia til markazining xalqaro sertifikati beriladi.

Joriy yil davomida mazkur hamkorlik doirasida davlat va ta’lim tashkilotlari vakillari, rahbar xodimlar, pedagoglar, trenerlar hamda boshqa mutaxassislardan iborat 100 nafardan ortiq ishtirokchi Fransiyada malaka oshirib, xalqaro tajriba, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Siz ham Fransiyada malaka oshiring, xalqaro tajriba orttiring va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning!

Dastur o‘tkaziladigan joy: Fransiya Respublikasi, Nitsa shahri
☎️ Murojaat uchun: 91-417-82-17 (@Sevinchber1 - telegram )

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech