A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xalqaro tadbirni tashkil etishda malakali mutaxasislarni ishga taklif etadi!

17 19.08.2026 11:17

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xalqaro tadbirni tashkil etishda malakali mutaxasislarni ishga taklif etadi!
 Institut tomonidan 2026-yil 25-avgust kuni o‘tkaziladigan xalqaro uchrashuv davomida ingliz–o‘zbek (rus)–ingliz tillarida sinxron tarjimani uchrashuv ishtirokchilarini maxsus sinxron tarjima uskunalari bilan taʼminlagan holda amalga oshirish uchun malakali tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi.
 
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
-Tarjimon (sinxron tarjima yo‘nalishi bo‘yicha) 1 nafar
 
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Sohasi bo‘yicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Oliy maʼlumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
 
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
- yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
 
VAZIFA:
- Uchrashuv davomida ishtirokchilarni sinxron tarjima qurilmalari bilan taʼminlash;
- 10 nafar ishtirokchiga mo‘ljallangan sinxron tarjima uskunalarini tadbir o‘tkaziladigan manzilga yetkazish, o‘rnatish va sozlash;
- Tadbir boshlanishiga kamida 2 soat qolganda uskunalarni o‘rnatib, uskunalar va tovush sifatini sinovdan o‘tkazish;
- Uskunalarning uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash, zaxira qurilmalarini tayyor holatda saqlash;
- Uchrashuv davomida (1 astronomik soat) ingliz–o‘zbek (rus)–ingliz yo‘nalishlarida uzluksiz sinxron tarjimani amalga oshirish;
-Tarjimada aniqlik, xolislik (neytrallik) va terminologik izchillikni taʼminlash;
-Uchrashuv davomida olingan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik.
 
Talabgorlar 2026-yil 22-avgustga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- maʼlumotnoma (Obyektivka);
- diplom va pasport nusxalari;
 
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech