#vakant BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI!

17 03.09.2026 21:33

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-son buyrug‘iga asosan, Abdulla Avloniy nomidagi institutning Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida quyidagi lavozimlar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi:

O‘zbek tili fani (ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun) metodisti
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani metodisti

Malaka talablari:
✅ Ma’lumoti — oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi);
✅ Mutaxassisligi — pedagogika, tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha;
✅ Mehnat staji — kamida 3 yil, shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida tegishli yo‘nalishda ishlagan bo‘lishi;
✅ Kompyuter savodxonligi — Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar), zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan mustaqil foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
Davlat tilini bilishi (rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
✅ Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, tegishli standartlardan xabardor bo‘lishi, malakasini muntazam oshirib borishi hamda lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Nomzodlarga qo‘shimcha afzallik beruvchi jihatlar:

 - Chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi;
 - Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lishi;
 - KRK va KRS tadbirlarida mentor o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lishi.

❗️ Mazkur lavozimlarga 45 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish uchun: t.me/HR_manager_Avloniy

Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Hujjatlar qabuli muddati: 2026-yil 4-sentabrdan 11-sentabrgacha.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 55 508 06 67
Ichki raqam: 1010

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech