A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!

14 11.09.2026 14:42

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Inklyuziv ta’limni tashkil etish” nomli 272 betlik o‘quv qo‘llanmasini dizayn va sahifalash ishlari uchun shartnoma asosida dizaynerni ishga taklif etadi.

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSIS

Dizayner — 1 nafar
Sahifalash va dizayn yo‘nalishida.

NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

- Oliy ma’lumotga hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI

- Belgilangan muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik;
- Kreativ va ijodiy fikrlash.

VAZIFALAR
- Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
- Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarga ishlov berish, infografika va jadvallar dizaynini ishlab chiqish;
- Matn va grafik materiallar — foto, jadval va infografikalar joylashuvini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash;
- Matnlardagi imlo xatolarini tuzatish (musahhihlik xizmati);
- Kitob muqovasi dizaynini ishlab chiqish.

TALABGORLARDAN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
- Talabgorlar 2026-yil 14-sentabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka);
- Diplom va pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech