#qabul Abdulla Avloniy nomidagi institutda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayoni boshlandi!
Quyidagi ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:
- Tayanch doktorantura — PhD
- Doktorantura — DSc
- Mustaqil izlanuvchilik — PhD / DSc
Talabgorlar quyidagi ixtisosliklar bo'yicha ariza topshirishlari mumkin:
- 13.00.07 - Ta'limda menejment;
- 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit;
- 08.00.13 - Menejment.
Hujjatlar quyidagi manzillar orqali topshiriladi:
- daraja.ilmiy.uz
- my.gov.uz
PhD darajasiga kirish uchun asosiy talablar:
✅Magistr yoki unga tenglashtirilgan diplom;
✅Ixtisoslik asosini tashkil etgan kamida 1 ta ilmiy maqola;
✅Ixtisoslik asosini tashkil etgan kamida 2 ta ilmiy tezis;
✅Tegishli xorijiy til sertifikati.
DSc darajasiga kirish uchun talablar:
✅PhD yoki fan nomzodi ilmiy darajasi;
✅Salmoqli ilmiy natijalar;
✅Ixtisoslik asosini tashkil etgan kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis.
Qabul 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi.
Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1”, B2 daraja so‘raladi.
