A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 2026–2027-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining o‘quv reja va dasturlarini dizayn hamda sahifalash uchun shartnoma asosida 2 nafar dizaynerni ishga taklif etadi.
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari va tarbiya) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, qardosh tillar) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rus tili o‘qituvchilari uchun — “День профессионального развития” va “Час профессионального развития” tadbirlarining o‘quv reja va dasturi — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tabiiy va iqtisodiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (science)) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining aniq fanlari (matematika) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining aniq fanlari (informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xorijiy til (ingliz tili) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xorijiy til (fransuz tili) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xorijiy til (nemis tili) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliy fanlar (tasviriy san’at va chizmachilik) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliy fanlari (texnologiya) o‘qituvchilari uchun — 32 bet;
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun — 32 bet.
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR
— Dizayner — 2 nafar
(sahifalash, dizayn yo‘nalishida)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
✅ Oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
✅ Kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi bo‘lish;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI
✅ Belgilangan muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik;
✅ Kreativ fikrlash.
ASOSIY VAZIFALAR
— O‘quv reja va dasturlarning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
— O‘quv reja va dasturlar sahifalarining vizual dizaynini yaratish;
— Rasmlarga sayqal berish;
— Infografika va jadvallar dizaynini yaratish;
— Matn va grafik materiallar — foto, jadval va infografikalar joylashuvini muvofiqlashtirish;
— Zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash;
— Matnlardagi imlo xatolarini to‘g‘rilash (musahhih xizmati);
— O‘quv reja va dasturlarining muqova dizaynini yaratish.
TALABGORLARDAN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
Talabgorlar 2026-yil 18-sentabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
— Ma’lumotnoma (obyektivka);
— Diplom va pasport nusxalari.
— Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
— Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
