Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti muharrirlar va fan mutaxassislarini ishga taklif etadi!

21 14.10.2026 14:14

Institut TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotining asosiy sinovi uchun yangilangan materiallarni tahrirlash hamda mazmuniy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida muharrirlar va fan mutaxassislarini (matematika va tabiiy fanlar boʻyicha) shartnoma asosida ishga taklif etadi.
 
Oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida tahrirlanadigan va mazmuniy ekspertizadan oʻtadigan materiallar:

·        4-sinf baholash testi yoʻriqnoma qismi (1054 soʻz)
·        4-sinf matematika fani boʻyicha baholash materiallari (2673 soʻz)
·        4-sinf tabiiy fanlar boʻyicha baholash materiallari (4450 soʻz)
·        8-sinf baholash testi yoʻriqnoma qismi (1096 soʻz)
·        8-sinf matematika fani boʻyicha baholash materiallari (3557 soʻz)
·        8-sinf tabiiy fanlar boʻyicha baholash materiallari (5612 soʻz)
·        4-sinf Ota-ona soʻrovnomasi materiallari (1909 soʻz)
·        4-sinf Maktab direktori soʻrovnomasi materiallari (2158 soʻz)
·        4-sinf Oʻquvchi soʻrovnomasi materiallari (2124 soʻz)
·        4-sinf Oʻqituvchi soʻrovnomasi materiallari (3670 soʻz)
·        8-sinf Maktab direktori soʻrovnomasi materiallari (2120 soʻz)
·        8-sinf Oʻquvchi soʻrovnomasi materiallari (5041 soʻz)
·        8-sinf Matematika oʻqituvchisi soʻrovnomasi materiallari (2362 soʻz)
·        8-sinf Tabiiy fanlar oʻqituvchisi soʻrovnomasi materiallari (2973 soʻz)
 
Qoraqalpoq tilida tahrirlanadigan materiallar:

·        Soʻrovnomani oʻtkazish ssenariysi (509 soʻz)
·        4-sinf Test administrator ssenariysi (1529 soʻz)
·        8-sinf Test administrator ssenariysi (1377 soʻz)
 
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Oʻzbek tilidagi materiallar uchun:

·        Matn muharriri – 2 nafar
·        Matematika fani boʻyicha mutaxassis – 2 nafar
·        Tabiiy fanlar boʻyicha mutaxassis – 2 nafar
 
Rus tilidagi materiallar uchun:

·        Matn muharriri – 2 nafar
·        Matematika fani boʻyicha mutaxassis – 2 nafar
·        Tabiiy fanlar boʻyicha mutaxassis – 2 nafar
 
Qoraqalpoq tilidagi materiallar uchun:

·        Matn muharriri – 2 nafar
·        Matematika fani boʻyicha mutaxassis – 2 nafar
·        Tabiiy fanlar boʻyicha mutaxassis – 2 nafar
  
NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
·        Taʼlim sohasi boʻyicha yuqori malaka hamda kamida bir yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
·        Oliy maʼlumot (bakalavr yoki magistr diplomi)ga ega boʻlishi;
·        Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish,
·        TIMSS 2027 tadqiqoti materiallariga nisbatan qoʻllaniladigan konfidensiallik (maxfiylik) qoidalariga qatʼiy rioya qilishi.
 
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
·        Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
·        Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash;
·        Jamoa bilan konstruktiv ishlay olish.
 
VAZIFA:
Matn muharriri (tahrirlash):
·        Tadqiqot materiallarini tahririni xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etilgan maxsus platformada amalga oshirish;
·        Materiallarning yangilangan qismlarini ingliz tilidagi manba asosida tarjima qilish;
·        Matnlarni ingliz tilidagi asl nusxa bilan solishtirish;
·        Matnlarning mazmuniy izchilligi va terminologik bir xilligini taʼminlash;
·        Grammatik, imloviy va uslubiy xatolarni aniqlash hamda tuzatish;
·        Matnlarning mazmunan toʻgʻri, aniq va tushunarli boʻlishini taʼminlash;
·        Materiallarni yakuniy tahrirdan oʻtkazish.
 
Fan mutaxassisi (mazmuniy ekspertiza):
·        Tadqiqot materiallarini xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etilgan maxsus platformada fan mazmuni va ilmiy-uslubiy jihatdan tanqidiy koʻrib chiqish;
·        Fan terminlari va tushunchalarining toʻgʻri hamda izchil qoʻllanilishini tekshirish;
·        Topshiriqlarning ilmiy jihatdan toʻgʻriligi, aniqligi va baholash mezonlariga muvofiqligini tekshirish;
·        Topshiriqlarni tadqiqot ishtirokchisi nuqtayi nazaridan bajarib koʻrish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noaniqliklarni aniqlash;
·        Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berish va tegishli tahrirlarni amalga oshirish;
·        Tadqiqot materiallarini maxsus platformadagi vizual koʻrinishini tekshiruvdan oʻtkazish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berish.
 
Talabgorlar 2026-yil 17-oktyabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni:

- Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
-maʼlumotnoma (Obyektivka);
-diplom va pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67, (99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech